Ўзбекистон Республикаси, Сурхондарё вилояти, Термиз шаҳар, Саҳоват МФЙ, Шимолий дарвоза кўчаси 1-уй
Термизшаҳри
Бомдод
04:20
Пешин
13:00
Аср
18:15
Шом
20:00
Хуфтон
21:30
Бош сахифа/Маколалар/Johiliyat davrida ziyorat

JOHILIYAT DAVRIDA ZIYORAT

JOHILIYAT DAVRIDA ZIYORAT

 

Johiliyat davridagi ziyorat o‘zgacha bir ko‘rinishda, botil aqidada amalga oshirilgan. Ulamolarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) hali Allohning elchisi bo‘lib kelmaslaridan oldingi davrga “johiliyat” deya nom berganlar.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Allox elchisi bo‘lib kelmaslaridan oldin dunyoning juda ko‘p mintaqasida butparastlik hamda botil aqidalar dunyoni egallab, qamrab kelayotgan edi. Misol tariqasida ikki ulkan saltanatdagi holatni aytib o‘tish mumkin. Shulardan biri, yaʼni Rim imperiyasida insonlarni kopxudolikka siginishga targib qilinar edi. Bu imperiya tomonidan bosib olingan hududlardagi insonlar ham botil aqidalarga rioya etib, but va sanamlarga ibodat qilishga majburlanardi. Qurʼoni karimdagi Asʼhobul Kahf qissasi bunga misol bo‘la oladi.

Rim imperiyasining podshohi Daqyonus o‘sha davrda o‘zining eʼtiqodiga, yaʼni butlariga siginmagan va unga sajda qilmaganlarni qatliom qilishga buyuradi. Kimki uning haykallariga, but-sanamlariga siginadigan bolsa, unga omonlik berilar, mabodo siginishdan bosh tortib, "Faqat Allohga ibodat qilaman, Iso (alayhissalom)ning eʼtiqodida bolaman desa, bunday kishilarni oldirib, xochga mixlab qoyishar edi. Kunlarning birida yetti-sakkiz nafar togri akidadagi kishilar kelishib, "but va ilohlarga- ulug ibodat sig‘inib, Allohga osiy bo‘lganimizdan ko‘ra, uzokdagi - tog‘ning tepasidagi g‘orga borib, Allohga ibodat kilganimiz yaxshi", deb g‘orga kirib, xoldan toyib, uyquga ketadilar. Alloh qiyomatda qanday qilib o‘lgan insonlarga boshqadan jon rux ato kilib tiriltirishini shu dunyoning o‘zida namoyon qilib qo‘yish maqsadida ularni qattiq uyquga ketkazadi. Uyg‘ongan paytlarida bir- birlariga qarab bir yoki yarim kun uxlaganlarini taxmin qilishar edi. Ammo oradan uch yuz to‘qqiz yil o‘tganligi ularga maʼlum emas edi.

Oralaridagi eng yoshi ulug‘i hamyonini olib, "bozorga chikib, yegulik olib kelay", deb g‘ordan pastga tushib kelib qarasa, butun shahar va qishloqlar o‘zgarib ketgan. Qo‘rqib-pisib, birov ko‘rib qolmasin, deb yashirincha shaharga kirib qarasa, shaharning biror yerida but, haykallar ko‘rinmas edi. Dunyo shunchalar o‘zgarib ketgan ediki, butparastlikdan nom-nishon qolmagandi. U insonlarning birortasini ham butga sig‘inib turgan holda ko‘rmadi. Oradan 309 yil o‘tib, Alloh dunyoni Rim imperiyasi va soxta akidalardan tozalab, gumrohlar o‘rniga Allohga ibodat kiladigan zotlarni keltirib qo‘yishi ham Allohning ulkan bir moʻjizalaridandir.

Dunyo tarixida iz koldirgan salmoqli imperiyalardan biri - bu Fors imperiyasining akidalari olovga sig‘inishdan iborat bo‘lgan. Yaʼni, ular otashparast edilar. Otashparastlikning taʼsiri dunyoning juda koplab mamlakatlariga, jumladan, bizning yurtimizga ham yetib kelgan. Movarounnahrda, xususan, qadimgi Termiz shaxridan otashparastlarga taallukli ibodat- xonalarning topilishi so‘zimizni isbotlaydi.

Shahar va kishloqlarning aksariyatida ushbu illatlarning borligi tufayli insonlar Allohga emas, o‘zlari qo‘llari bilan yasagan but-sanamlarga, turli jism va jonzotlarga sig‘inishar edi.

Johiliyat davrida Arabiston yarim orolida ham butparastlik va otashparastlik juda avjiga chikib ketdi. Insonlar botil yo‘lda edilar. Bu haqda Alloh Qurʼoni karimda shunday xabar berdi. "Ey insonlar! (Sizlarga) zarbulmasal qilindi. Bas, unga quloq tutingiz! Aniqki, sizlar Allohni qoyib, sig‘inayotgan narsalaringizning barchasi birlashganda ham, bir pashshani yarata olmaslar, agar pashsha ulardan biror narsani tortib olsa, uni undan ayirib ololmaslar. Talab qiluvchi ham, talab etiluvchi (butlar) ham zaiflik qilurlar. Ular Allohni haqqoniy ravishda qadrlamadilar. Darhaqiqat, Alloh kuchli va qudratlidir” (Haj surasi, 73-74-oyatlar).

Ushbu oyatlarda Alloh butparastlarning jirkanchli ishlarini zarbulmasal tariqasida keltirmoqda. Nodon va johil butparastlar, o‘zlarining ilohlariga, butsanamlariga atab turli shirinliklar pishirib kelib, bizning shirinliklarimizdan tanovul qilsin, degan maqsadda haykallarining og‘ziga shirinliklardan surkab chiqishar edi. Shirinlik surkalgan joylarga qo‘ngan pashsha va chivinlar u joyni iflos qilib ketishar edi. Alloh taolo oyatda bekorga butni va butparastni “zaif”, deb keltirmadi. Og‘ziga qo‘ngan pashshani ham o‘zidan daf kila olmagan narsa qanday qilib iloh bo‘lishi mumkin?

Johiliyat davridagi butparast kavmlarning jirkanch ishlaridan hattoki Allohning uyi - Kaʼbatulloh ham chetda qolmagan. Butparastlar - erkagu ayol, libossiz holatda Allohning uyini Ziyorat va tavof qilishar edi.

Kaʼbatullohning burchagida turadigan toshni Alloh moʻjiza qilib, samodan yerga tushirgan edi. Toshning rangi dastlab sutdek oppoq holatda edi. Ammo notogri eʼtiqoddagi kishilar, hayz va nifosdan poklanmagan ayollarning tavof va ziyorat qilishi natijasida oppoq tosh ham qorayib kolgan. Odam bolalarining yomon qilmishlari nafaqat qalbni qoraytiradi, balki toshni ham qoraytirib yuborar ekan.

Johiliyat davrining buzuq illatlaridan yana biri butparastlarning o‘z “iloh”lariga atab o‘g‘il-qizlarini so‘yib qurbonlik qilishlari edi. Shu sababdan Islomdan avvalgi ziyoratlar shariatga va sof aqidaga xilof holatda bo‘lgan. Johil kimsalar qabrlarga sig‘inib, o‘lganlardan madad va najot so‘raganlar. Islom dini kelgandan so‘ng haqiqiy ziyorat qay tartibda bo‘lishi kerakligi Alloh va uning Rasuli Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) tomonidan sizu bizga mukammal taʼriflab berildi.

 

Habibulloh Saidov

Surxondaryo viloyati Termiz Shaxar" Hakim-Termiziy" jome masjidi imom-noibi

Контакт маълумотлари
Манзилимиз:
Ўзбекистон Республикаси,
Сурхондарё вилояти, Термиз шаҳар, Саҳоват МФЙ, Шимолий дарвоза кўчаси 1-уй
Муҳим саволга жавоб топа олмадингизми?
Телефон орқали маслаҳат олинг ёки бизга ёзинг.
Биз билан богланинг
это поле обязательно для заполнения
Исмингиз:*
это поле обязательно для заполнения
Телефон ракамингиз:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена