«Yosin» so’zining ma’nosi to’g’risida turli rivoyatlar bor. Masalan, «Ey, inson!», «Ey, Muhammad!», «Ey, Sayyid!» kabilar.

Surada Muhammad (a. s.)ning haqiqiy Payg’ambar ekanliklari, Iso (a. s.) tomonidan Antokiya shahriga yuborilgan elchilarning ko’rgan kechirmalari, Habib an-Najjor ismli shaxsning imon yo’lida qurbon bo’lishi, quyosh, oy, yulduzlarning ilohiy qonun bilan faoliyat ko’rsatib turishlari, shuningdek, jannat va do’zax

ahllarining qiyomat kunidagi holatlari, tavhid, qayta tirilish haqligiga dalolat qiluvchi oyatlar joy olgan. Yosin surasining fazilatlari to’g’risida ko’pgina hadisi shariflar rivoyat qilingan. Ularda kimki bu surani ixlos bilan o’qisa, hojati ravo bo’lishi, och bo’lsa qorni to’yishi, tashna bo’lsa serob bo’lishi, kiyim-boshga ega bo’lishi, xavf-xatarda bo’lsa xotirjamlik topishi, kambag’al bo’lsa boy bo’lishi, mahbus bo’lsa ozod bo’lishi, qarzdor bo’lsa qarzidan oson qutilishi kabi va’dalar bayon qilingan.

Hazrat rasululloh (sollollohu alayhi va olihi vasallam)dan naql qilinishicha, har kimki Allohning roziligi uchunYosin surasini tilovat qiladigan bo’lsa Alloh Taolo uning gunohlarini kechadi, shuningdek o’n ikki marta butun Qur’onni tilovat qilganchalik miqdorda savob ato etadi. Yosinni o’qiyotgan odamning gunohlari kechirilishini so’rab farishtalar istig’for aytadilarki, ularning soni o’qilgan har kalimaning harflari miqdoriga tengdir. Shuningdek bu odam osonlik bilan ruhini o’lim farishtasiga topshiradi, uning uchun farishtalar (savobini unga bag’ishlab) namoz o’qishadi, janoza namozida ishtirok etishadi va uni dafn etishda ham qatnashadilar. Agar kasal odam yoki o’limi yaqinlashgan odam oldida Yosin surasi o’qilsa, u odamning oldiga Rizvon farishtasi (jannatdagi hazinabon farishta) keladi, uning qo’lida payg’ambarlar hovuzidan keltirilgan sharbat bo’lib haligi bemor odam uni ichib tashna bo’lmay izzat –ikrom bilan jonini Allohga taslim qiladi. U to jannatga kirguncha chanqamaydi (qiynalmaydi). Shuningdek Yosin surasi egasiga (uni tilovat qilganga) dunyo va oxiratdagi yaxshiliklarni keltiradi: dunyodagi balolarni daf qilib, oxirat vahshatidan asraydi. Kimki bu surani o’qisa yigirma marta hajga borganlik savobini oladi, unga quloq olganlar esa qalbi nurga iymonga , hayotiga mingta  barakat va rahmat ato etiladi. Yana hazrat rasululloh (sollollohu alayhi va olihi vasallam)dan rivoyat qilinishicha, kimda-kim qabristonga borib Yosinni tilovat qilsa, usha qabrdagi mayyitlar azobi kamaytiriladi, shuningdek usha mayyitlar miqdoridagi hasanot unga yoziladi.hazrat imom Ja’far (alayhi salom)dan naql qilinadiki, kimki har kuni surai Yosinni o’qisa kechgacha Xudoning rizqi bilan Uning panohida bo’ladi. Kechasi uxlash oldidan o’qiydigan bo’lsa, Xudovand Azza va Jalla mingta farishtani uning qoshiga nozil qiladi va ular uni shaytoni rajiymdan asraydilar. Agar mabodo bu holatda o’ladigan bo’lsa, to’gridan to’gri jannatga kiradi.

Angor tumani «Namoz xoji bobo» jome masjidi imom xatibi A. Saidov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here