Saloti munjiya
Allohumma solli ‘ala sayyidina Muhammadin va ‘ala ali sayyidina Muhammad, salatan tunjina biha min-jami’il ahvali val afat. Va taqzi lana biha jami’al hajat va tutohhiruna biha min-jami’is-sayyiat. Va tarfa-’una biha ‘alad-darojat va tuballig‘una biha aqsol-g‘oyoti, min-jami’il xoyroti fil-hayati va ba’dal mamat.
Allohim! Janobi Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga beadad salot va salom bo‘lsin. Bu salotlar, salomlar va duolar bizni har turli balo va musibatlardan xalos etsin, barcha ehtiyojlarimizni ketkizib, bizni gunohlardan poklasin. Bizni yuksak daraja va martabalarga ko‘tarsin. Allohim! Bu salot va salomlar tufayli o‘lgandan ke-yin xayr (yaxshilik)larga noil bo‘laylik.
Saloti fathiyya
Allohumma solli va sallim va barik ‘ala sayyidina Muhammadinil-fatihi lima ug‘liqo val-xotimi lima sabaqo, Nasiril-haqqi bilhaqqi, val hadi ila sirotikal-mustaqim va ‘ala alihi haqqo qadrihi va miqdarihil-’aziym.
Allohim! Suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga salot va salomlar bo‘lsin. Bizga Sening yashirin xazinalaringni ochib bergan Udir. Payg‘ambarlar halqasining oxiri Udir, Haqning eng katta yordamchisi Udir, insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan Udir! Unga va yaqinlariga so‘ngsiz salot va salomlar bo‘lsin.
Boshqa bir salovot
Allohumma solli ‘ala sayyidina Muhammadinin-nabiyyil-ummiyyi va ‘ala alihi va sahbihi va sallim.
Sayyidul istig‘for
(Rivoyat qilinishicha, istig‘forlarning eng afzali ushbudir):
Allohumma anta Robbi va ana ‘abduka, xolaqtani va ana ‘ala ‘ahdika va va’dika mastato’tu, a’uzu min sharri ma sona’tu abu’u laka bini’matika ‘allayya va abu’u ‘ala nafsi bi zanbi, faqod zolamtu nafsi va’taroftu bi zanbi, fag‘firli zunubi, ma qoddamtu minha va ma axxortu, fa innahu la yag‘firuz-zunuba illa ant.
Allohim! Sen mening Rabbimsan! Men esa Sening qulingman. Meni Sen yaratding. Men kuchim yetguncha Senga bergan ahd va va’damda sobitman. Bilaman, bergan ne’matlaringga muqobil (shukr qilishda) nuqsonga yo‘l qo‘ydim, nafsimga zulm qildim. Gunohlarimni tan olaman, o‘tmish va kelgusi gunohlarimni kechirishingni O‘zingdan so‘rayman. Meni kechirgin, Allohim! Sendan o‘zga kechirguvchi yo‘qdir (Termiziy. «Da’vat», 3393-hadis).
Yana bir istig‘for duosi
Astag‘firulloh, astag‘firulloh, astag‘firulloh al-’aziym, al-Kariym, allaziy la ilaha illa hu, al-Hayyul-Qoyyum va natubu ilayh va nas’aluhut-tavbata val-mag‘firota val-hidayata lana innahu huvat-tavvabur-rohiym. Tavbata ‘abdin zolimin linafsihi la yamliku linafsihi mavtan vala hayatan vala nushuro.
Ulug‘ Allohdan mag‘firat so‘rayman!
Azim va Karim bo‘lgan, O‘zidan boshqa hech bir iloh bo‘lmagan, Hayy va Qayyum bo‘lgan Allohdan mag‘firat so‘rayman. Unga qaytamiz. Tavbamizni qabul etib, mag‘firat va hidoyat nasib qilishini tilaymiz, chunki U tavbalarni qabul qilguvchi, rahmli, mehribondir. Nafsiga zulm (haqsizlik) qilgan, o‘ldirish yoki qayta tiriltirishga va (Qiyomat kuni) to‘plashga ojiz bo‘lgan bandaning tavbasi kabi tavba qilamiz.
OʼMI Surxondaryo viloyat vakili oʼrinbosari A. Fatullaev