Mol-davlatimiz ortdi, ammo huzur halovatimiz yo’qoldi.
Qulayliklar ortdi,ammo vaqtimiz kamaydi.
Dorilar ko’paydi, kasalliklar ozaymadi.
Kech yotib, saharda charchoq bilan uyg’onamiz.
Kam kitob o’qiymiz, ko’p televizor ko’ramiz.
Ko’p gapiramiz-u, kam e’tibor beramiz.
Pul topishni o’rgandik, sarfni eplolmadik.
Oyga uchib qaytishni bilamiz, lekin qo’shnimiz holidan habar olish uchun ikki qadam bosmaymiz.
Fazoda nima bo’layotganini bilamiz, lek ichki kechinmalarimizdan behabarmiz.
Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir.
Rejalar tuzamiz, natijalar ko’rinmaydi.
Shoshilishni o’rgandik, sabrni esa yoddan chiqardik.
Tanishlarimiz ko’p, do’stlarimiz kam.
Yutuqlarimiz ko’p, quvochlarimiz kam.
Ko’p narsani bilamiz, amalimiz kam.
Doimo labimizda kulgu,lek ko’z yoshimiz kam.
Va nihoyat: umrga yillar qo’shdik, ammo yillarga hayot bahsh qilolmadik…

Shoʼrchi tumani “Tolli ota” jome masjidi imom xatibi X. Rashidov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here