Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, aytdilar; «Bir kuni Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, chiqib dedilar:
— Menga barcha ummatlar ko‘rsatildi. Bir payg‘ambar bir kishi bilan, yana bir payg‘ambar ikki kishi bilan, yana bir pay-g‘ambar bir to‘p kishilar bilan, yana bir payg‘ambar yolg‘iz o‘zi, hech bir hamrohi yo‘q holda o‘tdilar. So‘ng juda ko‘p olomonni ko‘rdim, ular ko‘pligidan uzoq-uzoq ufqlarni ham to‘sganlar, umid qildimki, shular mening ummatim bo‘lsalar. Shunda: bular Muso, alayhissalom, qavmlari bilan kelyaptilar, deyildi.
So‘ng menga, qaragin, deyildi. Qarasam, uzoqdan qoralikni ko‘rdim. Ular juda ko‘p bo‘lib, ko‘pligidan ufqni ham to‘sib qo‘yishgan edi. Keyin menga yana aytildi: “Hov, anavilarga, hov anavilarga kara!” Ko‘rsam, son-sanoqsiz insonlar, ular shuncha ko‘pki, yeru osmonni to‘ldirib yubordilar. Shunda menga: «Bular sening ummating», deyildi.
Bularning oldilarida yetmish ming nafar jannatga hisob-kitobsiz kiradiganlar kelmoqda. Ular hodisalardan shumlanmaganlar, folbinu sexrgarlarga bormaganlar, o‘zlarini o‘tda kuydirib davolamaganlar, faqat o‘z Robbisiga tavakkul qilgan kishilardir, — deyildi.
Shunda Ukkosha ibn Mixsan turib:
— Yo Rasululloh, duo qiling. Alloh meni shulardan qilsin, — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
— Ey Alloh, buni o‘shalardan biri qilgin, — deb duo qildilar.
Shundan so‘ng boshqa odam turib:
— Allohga duo qiling, meni ham o‘shalardan qilsin, — dedi. Payg‘ambarimiz, alayhissalom:
— Bunga Ukkosha sendan oldin keldi,— dedilar».

O’MI Surxondaryo viloyat vakili o’rinbosari A.Fatullayev

ПОДЕЛИТЬСЯ
Олдинги мақолаToshga o‘yilgan bitik
Кейинги мақолаQalam nega yozmadi?

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here