O’z ijodiy faoliyati davrida at-Termiziy o‘ndan ortiq asarlar yaratdi. Uning madaniy merosida, shubhasiz, «Al-Jomi’» asari katta ahamiyatga egadir. Bu asar «Al-Jomi’ as-sahiyh» («Ishonchli to‘plam»), «Al-Jomi’ al-kabiyr» («Katta to‘plam»), «Sahiyh at-Termiziy», «Sunan at-Termiziy» («Termiziy sunnatlari») nomlari bilan ham yuritiladi.

Muallifning yirik asarlaridan yana biri «Ash-shamoil an-nabaviyya» («Payg‘ambarning alohida fazilatlari»)dir. Bu asar «Ash-shamoil muhammadiyya», «Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sallollohu alayhi vassallam» nomlari bilan ham ataladi. Ushbu asar Saudiya Arabistonida istiqomat qilgan vatandoshimiz Said Mahmud Taroziy (u 1992 yili vafot etgan) tomonidan o‘zbekchaga o‘girilgan (arab alifbosida va kirillchada Toshkentda bir necha bor nashr qilingan). «Kitob at-ta’rix», «Kitob al-ilal as-sag‘iyr va al-ilal al-kabiyr», «Kitob uz-zuhd» («Taqvo haqida kitob»), «Kitob al-asmo val-kuna» («Roviylarning ismi va laqablari haqida kitob»), «Al-ilal fil-hadiys» («Hadislardagi illatlar yoki og‘ishlar haqida»), «Risola fil-xilof val-jadal» («Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola»), «Asmo us-sahoba» («Payg‘ambar sahobalarining ismlari») shular jumlasidandir.

Jarqo’rg’on tumani «Hazrati Bilol» jome masjidi imom xatibi H. Saidov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here