Bugun dunyo jadallik bilan rivojlanib borayotgan bir zamonda butun insoniyat zaif bo’lib ko’rinyapti ko’zimga. Hatto duosining qabul bo’lmayotganidan ko’ngli to’lmay, nolib yurganlarga ham guvohman. Bu borada o’zimni misol qilib keltirishim mumkin. Yoshlik paytlarimda Allohga qilgan iltijolarim qabul bo’lmayotganiga, Allohning duolarimga javob bermayotganiga aqlim etmasdi.    Vaholanki, U har narsani bilib, ko’rib turguvchi Zotdir. Yaqinda hayot sahifalarimni varaqlab turib, Allohning har bir ishni hikmat ila qilguvchi buyuk Zot ekaniga yana bir bor amin bo’ldim…
Men Allohdan kuch so’ragandim, U menga bir qancha qiyinchiliklarni in’om etdi. Ularni engib o’tish davomida ana shu so’ragan narsamga ega bo’lgan ekanman.
Allohdan aql so’ragandim. U meni hayot muammolariga duchor qilib, bu iltijoyimni ham amalda tasdiqlab bergan ekan.
Qilayotgan ishimga rivoj so’ragandim. Alloh esa meni ishga ko’mib tashlab, hayotimning jo’shqin o’tishini ta’minlab bergan ekan.
Men Allohdan iymon so’ragandim, Alloh iltijolarim asosida iymonimni mustahkamlayotgan ekan.
Allohdan jasorat so’ragandim. U menga musulmonlarga yordam qo’lini cho’zishdek imkoniyatni bekamu ko’st yaratib bergan ekan.
Men Allohdan halovat so’ragandim. U menga qalb berib, iymon ila uni bezatib qo’ygan ekan.
Men Allohdan to’g’ri yo’lni so’ragan edim, U menga eng to’g’ri yo’l bo’lmish Islomni ko’rsatib qo’ygan ekan.
Men Allohdan duolarimning qabul bo’lishini so’ragan edim. U hamma iltijolarimni O’zining buyukligi bilan ta’minlab qo’ygan ekan.
Hullas, men so’ragan narsalarimga erishgan ekanman… O’ziga shukur!

Sherobod tumani bosh imom xatibi U. Bo’ronov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here