Rasululloh s.a.v. Makkadan Madinaga hijrat qilib kelayotganlarida «Rauna» deb ataluvchi joyda maskan tutgan Salim ibn Avf oilasi joylashgan makonga Rasululloh s a v tuyalarini tuxtatib pasga tushdilar . Shu payt peashin namozining vaqti kirgan edi. Hamma peshin namozini o’qishga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Xolbuki payg’ambarimiz s a v islom diynida haftada bir marta ado etiladigan juma namozini o’qimoqchi edilar.
Dastlab sunnat namozi o’qildi payg’ambarimiz s a v oyoqqa qalqdilar.
Diqqat bilan tikilib turgan sahobalarga qarata ilk juma xitobini qildilar.
— Ey insonlar , sizlarni najotga eltadigan amallarni bajarishda xushyor bo’ling . Shu narsani yaxshi bilinki barchalringiz foniy dunyodan ko’z yumasiz , sruvingizni chuponsiz qoldirasiz . Sunra qiyomat kuni Rabbimiz sizlarga pardasiz ,tarjimonsiz shunday deydi » Mening rasulim senga kelib diynimni yetkazmadimi ? Men senga mol — dunyo berib ehson qilmadimmi ? O’zing uchun nimalar qilding ?» Shunda bandasi bechora yon atrofga alanglaydi qaraydiyki hechkim yo’q . Oldiga qarasa jahannamdan o’zga hech narsa ko’rinmaydi. Shunday ekan kuchingiz yetganicha bir xurmoning yarmini birodaringizga bo’lishib berish orqali bo’lsa ham o’zingizni duzah o’tidan qutqarishga harakat qiling . Chunki u yerda yaxshi amallar evaziga uning o’n mislidan yitti yuz misligacha ajr beriladi. Assalomu alaykum varahmatullohu vabarokatuh deb so’zlarini tugatib o’tirdilar. Qisqa muddat dam olgach yana o’rnilaridan turdilar Allohga hamdu sanolar aytib yana bitta xutba o’qidilar . Xutbaning oxirida -hech shubha qilmangki Alloh ta’lo amrining buzilishidan g’azabga keladi -deya hutbalarini tugatdilar. Sungra Rasululloh s a v imomlik qilb kechasi o’qiladigan jahriy namozlar sengari baland ovozda ikki rakaat namoz o’qidilar.
Manashu ilk juma namozi va ilk juma xutbasi edi.
Eshmat o’g’li Mo’minbobo jome masjidi imom xatibi Jo’raxon Bahromov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here