Tinchlik hukm surayotgan ona zaminning istiqlol ne matiga erishish har bir musulmonga berilgan Allohning marhamatidir. Men Vatanni sevaman, vatan farzandiman deguvchi har bir inson, vatan taraqqiyoti uchun vijdonan xizmat qilmog’i lozim. Xalqqa xiyonat, Vatanga xiyonatdir, vatanga xiyonat esa Allohga xiyonatdir. Bugungi taraqqiyotni rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan karrupsiya illati, bizning ertangi kelajagimiz hayoti uchun o’z tasirini ko’rsatishiga yo’l qo’ymaylik. Negaki bu tushuncha, barqaror jamiyatni inqirozga yuz tutishiga, adolatli emas, balki halokatli yo’lga olib borishlikka sabab bo’ladi. Umuman olib qaraganda, bunday jarayon sodir bo’lishiga avvalo- o’zimiz sababchi emasmizmi? KORRUPSIYA – shiddat bilan ildamlanayotgan zamonning global zanglashidir. Demak, ko’rinib turibdiki, o’z manfaatdorligi yo’lida qilingan har qanday qing’ir ish, barhayot xalqning parokandaligiga olib keladi. Parokandalik yuz tutgan joyda esa, yuksalishdek jarayon sodir bo’lmaydi.Umuman olib qaraganda bunday poraxo’rliklar, jamiyatni yemirishdek salbiy illatlar bir kun insoniyatni o’zga jamiyat oldida qullikka olib boradir.
Olamlarga rahmat bo’lib kelgan, Janobi Payg’ambarimiz (sallollohu alayhi vasallamning) hadislarida: “Pora olgan ham pora bergan ham barobar gunohkordir” – deyilgan. Nahotki biz bugungi islom taraqqiy topgan davrda turib, Termiziy-yu Buxoriylarning avlodi bo’lib, Rasulullohning so’zlariga quloq tutmasak.
Qaysi soha rivoj topmayabdi, qaysi soha tanazzulga yuz tutayabdi? Uning bosh sababi poraxo’rlikka yo’l qo’yilganidir. 2018-yilda 1177 nafar mansabdor shaxs korrupsiyaga qo;l urgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda O’zbekiston Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o’tdi. “Televizorda har kuni ko’rib turibsiz: bankda, hokimiyatda, shifoxonada, prokraturada, ichki ishlar organida korrupsiya. Qachon bu kasallikdan xolos bo’lamiz? Qachon butun bo’lib unga qarshi kurashamiz” – dedi davlat rahbari.
Xazrati Umar roziyallohu anhuning xalifalik davrida go’zal bir voqea yuz bergan. Kunlarning birida xalifaning xuzuriga bir kishi kirdi va Amiral mo’mininning shaxsan o’zida yumishi borligini aytdi. Xalifa esa yonib turgan shamni o’chirib, boshqa bir shamni yoqdi. Bu holni ko’rgan kishi. Xalifaning bu ishi uchun sabab so’radi. Amiral mo’minin: “Avvalgi yonib turgan sham davlatning mulki, keyingi yoqganim esa shaxsiy mulkim. Davlat mulki, davlat ishlari uchun, shaxsiy xizmatim uchun xaromdir.” – dedi. Umarning adolati va vijdoniga tasannolar o’qiymanu, bugunning Umarlari bormikin deya adolat peshvolarini axtaraman. Har bir soha vakillari, vijdonlari oldida javob berolarmikin!? Har bir shaxs, o’z shaxsiy tarix kitobini varaqlab ko’rsin! Abuturentlik davridan tortib, talabalik onlarigacha. Diplom olishiyu, o’rindiq egasi bo’lishigacha. Adolat darvozasini qoqqanmikan? Yoki Alloh xarom qilgan, poraxo’rlik ko’chasini bosganmikin? Savollar ko’p, javoblarini esa, faqat siz, aynan o’zingiz bilasiz.
Butun O’rta Osiyoni islom ma’rifati bilan ta’minlagan zot, Muhammadjon domla Hindistoniy xazratlari talabalik davrlaridan, qozilik qilgan ustozi bilan bo’lgan voqeani yodga oladilar. Bir kuni ustozim, otlarga beda olib kelish uchun bozorga yubordilar. Bozordan uch-to’rt bog’ beda poyalarini olib, yukni eltib qo’yish uchun bitta xizmatchi yolladim. Ustozimning xuzuriga qozilik mahkamasiga bordim. Qozi domlam:“Bu xizmatchini qancha pulga yollading” – deb so’radi. Men esa: “bozor narxi uch so’m” – dedim. Xazina bon xizmatchiga uch so’m uzatdi. U esa pulni olmadi. Qozi domlam, agar pulni olmasa uringlar dedi. Xizmatchi majbur pulni olib ketdi. Men qozi domlamdan buning sababini so’raganimda shunday javob berdilar: “Shu kunlarda mahkamada, man shu xizmatchining yaqin qarindoshlaridan birining ishi ko’rilayabdi. Agar men buning xizmatidan foydalanadigan bo’lsam, yaqin qarindoshiga ko’nglimda zarracha moniylik paydo bo’lsa,Ollohning huzurida malomatga qolishdan qo’rqaman”, – dedi.
Barchamizga ma’lumki, eski Buxoro, Xiva va boshqa qadimiy shaharlarning ta’lim maskanlari, madrasalari ilm o’chog’i bo’lgan. Bu ilm maskanlarida bobokalonlarimiz, ko’p yillab tahsil olishgan, ma’lum bir aniq muddatda tamomlab ketavermaganlar. Balki, ilmiy salohiyyatiga qarab ko’p yillar davomida o’qib yuraverganlar. Buxoriy, Termiziy, Xorazmiy kabi ajdodlarimiz ana shunday ta’lim dargohining oddiy talabalari bo’lishgan. Bu dargohning ustozlari shunchki nafsi uchun, moddiy manfaati uchun xizmat qilmagan. Moddiyati zaif, bilimi zo’r, bir bechoraning farzandini qo’llab quvvatlashgan, puli yo’q deb haydab solishmagan. Aqchani sanab, cho’ntakka urub, baho qo’yib beravermagan. Darsga beparvoyu, maoshga tashna bo’lmagan.
Allohdan qo’rqishlik, Rasululloh alayhissalomning so’zlariga labbay deya javob berishlik, halol -haromni juda yaxshi tushunish, ajratib olishlik – bizning qon-qonimizga singib ketgan insoniylik mezonlarini belgilab beruvchi asriy qadriyat ekanligini unutib qo’ymadikmikan.
Korrupsiyani oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun ,amaldagi qonunlarni ijrosini ta’minlash bilan birgalikda har birimiz yangi innovatsiyon g’oya va takliflarimizni bera olishimiz va insoniylik nuqtai nazari bilan yondashishiz kerak.

Qumqo’rg’on tumani «Ho’ja Mirsaid» jome masjidi imom noibi A.Jo’rayev

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here