…poklik
Juma kuni yuvinish sunnatdir. Ba’zi odamlarning fikricha vojibdir.
Kishining ish kiyimlaridan tashqari juma kuni kiyadigan bir ichki va tashqi kiyimi bo’lsa, yaxshi, bu hol imkoni borlar uchun mustahabdir. Muhimi ozodlik va poklikdir.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Kimki juma kuni tirnoqlarini olsa, Alloh undan bir kasallikni ketkazadi va bir shifo beradi”.

…maqbul vaqt
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Juma kunida shunday bir vaqt borki, kimki bu vaqtda duo qilsa, tilagi shu vaqtga to’g’ri kelsa, Janobi Haq u kishini tilagiga yetkazadi”.
Bu ijobat vaqti haqida qirqqa yaqin qarashlar bo’lib, bulardan eng sahihi xatibning minbarda o’tirgandan namoz o’qilgunga qadar o’tgan vaqtdir. Bu vaqtda qalban duo qilinadi.

… Kahf surasini o’qish
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Kimki juma kuni surai Kahfni o’qisa, oyoqlari ostidan osmonlarga qadar uning uchun bir nur yuksaladi. Bu nur qiyomata qadar porlab turadi. Ikki juma o’rtasidagi xatolar avf etiladi”.
“Juma kuni surai Kahf o’qigan kishi sakkiz kun barcha fitnalardan saqlanadi. Dajjol chiqsa ham, uning yomonligidan muhofaza qilinadi”.
“Biror kishi juma kuni yoki oqshomi surai Kahfni o’qisa, o’qigan joyidan Makkai Mukarramaga qadar nurga to’ladi. Kelgusi jumagacha va yana uch ziyoda kunga gunohlari kechiriladi. Yetmish ming farishta tongga qadar uning avf etilishini tilaydi” (Abu Dovud rivoyatlari)

Sho’rchi tumani «Tolli ota» jome masjidi imom xatibi X. Rashidov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here