Obro‘li kompaniyalardan biri bo‘sh ish joylariga tanlov e’lon qildi. Yagona shart – nomzodlar kompaniya rahbariyati tomonidan taqdim etilgan bittagina savolga qoniqarli javob berishlari kerak.

“Tasavvur qiling: Tun. Jala quymoqda. Momaqaldiroq gumburlab, shamol odamni uchirib ketay deydi. Tong otishiga ikki soatcha qolgan. Siz ikki kishilik mashinani yolg‘iz haydab ketyapsiz. Oldinroqdagi avtobekatda 3 kishi turibdi.

Ularning biri – doktor. Yaqindagina og‘ir xastaligingizni davolab, sizni hayotga qaytargan odam.

Ikkinchisi – kasallikdan ingrayotgan chol.

Yana biri – hayotingiz mazmuni bo‘lgan aziz inson.

Savol: Ob-havo borgan sari yomonlashib bormoqda. Mashinangizda esa faqat BIR KIShIGA joy bor. Siz vaziyatdan qanday chiqqan bo‘lardingiz?”

Aziz, o‘quvchi! O‘ylash uchun sizning to‘rt kun vaqtingiz bor.

Javob: Shunday qilib, ishga tanlovda qatnashgan yuzlab nomzodlardan faqat bir kishigina qabul qilindi. U savolga quyidagicha javob bergan: “Mashinadan tushib, kalitni doktorga berardim. U mening hayotimni saqlab qolgani kabi, qariyani kasalxonaga eltib, unga yordam berardi. Men esa, aziz insonimning yonida qolib, qiyin vaziyatda u bilan birga bo‘lardim”.

Xudbinlik odamzotning tabiatiga xos. Bir kishidan boshqa hamma nomzodlarning javobida mashina berilishi aytilmaganligida ham xatolik yo‘q. Faqat ba’zida tor qarashlarimiz ta’sirida, o‘zimiznigina o‘ylab, xudbinlik bilan qaror qabul qilishimizning namoyoni bor.

Muzrabot tumani bosh imom xatibi B. Qosimov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here