— Agar men Alloh va Rasulining yo‘lidan yurmasam, menga itoat qilmang!
— To‘rt narsani to‘rt joyga qoldiring: uyquni qabrga, rohatni sirot ko‘prigiga, maqtanishni mezonga, orzu-istakni jannatga.
— Kitoblar — oqillarning bog‘lari, fozillarning xushbo‘y gullaridir.
— Maqtanchoq bo‘lmang! Tuproqdan yaralib yana tuproqqa qaytib, qurtlarga yem bo‘ladigan insonning maqtanishi nimaga ham yaraydi?!
— Komil inson kechirimlilikni qarz, yaxshilik qilishni esa farz deb qabul qiladi.
— Nimani gapirishni, kimga gapirishni va qachon gapirishni unutmang.
— Qarindoshlar orasidagi dushmanlikning o‘rmonga tushgan o‘tdan farqi yo‘q.
— Go‘zal, yoqimli so‘zlashishning siri bekorchi gaplarni tark etishdir.
— Boylik xasisda, qurol qo‘rqoqda, hukm zaifda bo‘lsa tartib intizom izdan chiqadi.
— O‘zingga qabr emas, o‘zingni qabrga hozirla!
— Haromni tark etmoq halolni talab qilishdan xayrlidir.
— Qabrga tayyorgarliksiz kirish dengizga qayiqsiz chiqishga o‘xshaydi.
— Qo‘shning bilan bahsu munozara qilma, zero, mehmon ketar, qo‘shni qolar.
— Nafsingni shunday isloh etki, xalq senga ergashsin.
— Sabr qiling, sabr hamma narsaning boshidir.
— Bag‘ritoshlik ko‘p yolg‘on va hasadning natijasidir.
— Rostgo‘ylik omonat, yolg‘onchilik esa xiyonatdir.
— Seni tushunishdan ojiz ekanini tushunish, haqiqatdan seni tushundi deganidir.
— Shu 4 xislatga ega bo‘lganlar bandalarning yaxshilaridir: tavba qilishni sevadigan, gunohkorlarni kechirilishini tilaydigan, yomonni (tuzalishi uchun) duo qiladigan va yaxshilarga yordam beradigan.
ЎМИ Сурхондарё вилоят Матбуот хизмати