Jihod so‘zining lug‘atda»qattiq kirishmoq,kishi o‘zining bor imkoniyatini ishga solib,biron ishni bajarishga harakat qilishi  «degan ma’nolarni anglatadi. Alohida ta’kidlab aytish lozimki, Jihod so‘zi urush ma’nosini anglatmaydi. Urush boshqa so‘zlar bilan  ifoda etiladi. Asosan arab tilida urush ma’nosi uchun «qitol» sozi ishlatiladi. Jihod so‘zining lug‘aviy hususiyatlaeidan kelib chiqqan holda, ma’lum davrlarda xalqlarning bosqinchilarga qarshi jon ~jahdi bilan jang qilishi ham jihod deyilgan. Keyinchalik ushbu oxirgi ma’no boshqalaridan ustun chiqib «jihod » deganda ayrim g‘o‘r kimsalar faqat urushni tushunadigan bo‘lib qolishgan.

Bir hadisi sharifda Payg‘ambarimiz( s a v)  «Jihodning eng yaxshisi kishi o‘z havoyi nafsiga qarshi kurashmog‘idir», ~deganlar.(ibn Moja rivoyati).

Hozirgi vaqtda  buzg‘unchi  toifalar o‘zlaei ilgari surayotgan yovuz maqsadlariga erishish uchun yangi jihod turlarini o‘ylab topishgan. Ular  » jihod muqaddas urush «degan  noto‘g‘ri tushunchani targ‘ib qilib, aybsiz odamlar qoni to‘kilishiga sababchi bo‘lishmoqdalar. Bunga dunyoning turli joylarida» jihod «» yoki»shahidlik»niqobi ostida amalga oshirilayotgan qo‘poruvchiliklar misol bo‘la oladi. Bu xudkushliklar  oqibatida qanchadan qancha begunoh odamlar, yosh bolalar halok bo‘ishmoqdalar.

Muborak islom dinida begunoh odamlar qonini to‘kish engo‘katta buzg‘unchilik  hisoblanadi. Dinimiz hatto chumoliga ham  ozor berishdan qaytaradi. Bunday vahshiylikni qilayotgan kimsalar qanchalik dinga e’tiqod qo‘yganini da’vo qilmaainlar, qilayotgan yovuzliklari bu da’volari sohta ekanini fosh etmoqda.

 

Oltinsoy tuman «Ahmad Yassaviy» jome masjidi imiom hatibi   A.Choriyev

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here