Hozirgi kunda jihod borasida qo’paruvchi tashkilodlar tug’yoga ketib,uni shariat arkonlaridan bir rukn deb atamoqdalar.O’zi asliga qaraganda 5 rukndan boshqa rukn yo’q.Terorchilar 6-rukn deb da’vo qiladigan jihod asossiz gap.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan:<<Jihod to’rt xildir:amru ma’ruf(yaxshilikka buyurish),nahyi munkar(yomonlikdan qaytarish),o’zining zarariga bo’lsa ham rost so’zlash va fosiq kishining masxara qilishiga chidab turish>>.

Islomda jihod jang ma’nosini ifodalashi uchun zulmga qarshi qaratilgan harakat bo’lishi kerak. Bu esa Payg’ambarimizning so’zlarida o’z aksini topgan. Chunki Rosululloh s.a.v huzurlariga kelgan ummatlarini qo’paruvchilarning da’volari asosida emas, aksincha ummatni Ota-Onaga yaxshilik qilish,         o’z nafsiga qarshi chiqish va yana birqancha so’zlari islomni ravnaqi uchun o’z aksini topgan.

Buni ishonch bilan aytishimiz mumkinki mamlakatimizda diniy erkinlikni qondirish maqsadida qilingan islohatlar bo’lmaganida bunaqa taraqqiyotni musulmonlar ko’rmagan bo’lardi. Bu esa yurtimizda ko’pgina diniy faoliyatni olib borishda o’z aksini topgan. Misol keltiradigan bo’lsak, qorilar   musobaqasining tashkil etilishi,yurtimizda masjidlarning qad ko’tarilishi,madrasalarning faoliyati va hakozolarni keltirish mumkn. Bularning barchasi musulmonlar uchun yaratilgan sharoitlardir.

 

Oltinsoy tuman So’fi Ollohyor jome masjid imom xatibi   K:Azimov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here