Chaqimchilik Qur’oni Karimda va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ning hadislarida qoralangan yomon xislatlardag biridir.
Alloh taolo
«Itoat qilma!Har bir qasamxo‘r,pastkashga,
Kishilarni ayblovchi,chaqimchilik qilib yuruvchiga
Yaxshilikni man qiluvchi,tajovuzkor,sergunohga«,degan.(Qalam 10-12).
Hammam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi
Huzayfa bilan birga edik. Bas,unga «Bir kishi gapni Usmon r.a. ga olib borib turadi «,deyildi.
SHunda Huzayfa unga» Rasululloh chaqimchi jannatga kirmaydi deganlarini eshitganman»,~dedi.
Bu hadisda chaqimchiliknaqadar og‘ir gunoh ekani bayon qilinmoqda.
«Abdulloh r a dan rivoyat qilinadi
Muhammad sollallohu alayhi vassallam parchalash nimaligini sizlarga aytib beraymi? Odamlar orasida «dedi ~dedi»lab chaqimchilik qilishdir «~dedilar.
Chaqimchilik so‘yilgan hayvonning a’zolari parchalab bo‘lingani kabi jamiyyat a’zolarini bir~birlaridan ajratib tashlaydi.
Chaqimchilik tarqalgan jamiyatda birlik,hamkorlik qolmaydi.
Hasan Basriy»Kim senga chaqimchilik qilsa,sening haqingda ham chaqimchilik qiladi»~degan ekanlar. Chaqimchilik qiladigan odam Allohning g‘azabiga duchor bo‘ladi.
Oltinsoy tuman «Ahmad Yassaviy» jome masjid imom xatibi A. Choriyev