Ko‘pincha hulqning yahshiligi halq bilan birga zikr qilinadi; <<Falonchining hulqi ham, halqi ham go‘zal>>, deyiladi. Bu uning ichi ham, sirti ham yahshi deganidir. <<Hulq>>dan murod ichki surat, <<halq>>dan murod tashqi suratdir. Zotan, inson jasad va nafsdan iboratdir.
Jasad tan ko‘zi ila, nafs qalb ko‘zi ila idrok qilinadi. Ularning har birining o‘ziga yarasha shakil shamoyili, chiroyli va xunuk surati bor. Qalb ko‘zi ila idrok qilinadigan nafs tan ko‘zi ila idrok qilinadigan jasaddan ulug‘dir. Shuning uchun ham Alloh taola uni ulug‘lab :
<<Albatta, men quruq loydan, o‘zgartirilgan qora balchiqdan bashar yaratuvchidirman. Bas, qachonki uni bekamu kost qilib bo‘lganimda va ichiga O‘z ruhimdan puflaganimda unga sajda qilgan holingizda yiqiling>>(Hijr surasi, 28-29). Bu oyatda Alloh taolo jasad loyga, ruh esa O‘ziga mansubligining habarini berdi.
Hulq nafsdagi mustahkam hayatdan iborat bo‘lib, undan amallar fikr va o‘ylashsiz, yengillik va osonlik ila sodr bo‘ladi. Agar amallar yaxshi bolsa, yaxshi hulq deb yomonbolsa yomon hulq deb ataladi.
Dankasalik tanasiga singib ketgan va riyozatni yoqtirmaydian bazi bir kishilar:<Huddi tashqi suratni o‘zgartirib bo‘lmaganidek, ahloqni ham o‘zgartirishni tasavvur qilib bo‘lmaydi>, deydilar. Bu mutloqo notugri gap. Agar ahloqni o‘zgartirib bo‘lmaydigan bo‘lsa, vazu nasihatlar qilishning manosi bo‘lmas edi. O‘zimiz ovlab kelgan vaxshiy hayvonning uy hayvoniga aylanaotganini ko‘rib turib, qanday qilib ahloqning o‘zgarishini inkor qilamiz?! It taomni yemay tark qilishni, ot chiroyli yurishni o‘rganadi. Faqat ba’zilar osonlik bilan, boshqalari qiyinchilik bilan o‘rganadi, halos.
Bugungi kunimizda hulqi buzilgan kishilar ko‘payib dinni masqara qiladigan, dindorlarimizni ustidan kuladigan, dini ulomolarimizni haqorat qiladigan hulqi buzuq kimsalar kopaymoqda. Ayniqsa bu holat ijtimoiy tarmoqlarda avj olib bormoqda. Biz musulmonlar avvolo bizni Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamni hulqlarini o‘rganishimiz zarur. Paygambarimizni hulqlarini o‘rgangan musulmonlar haqiqiy islomi hulqni o‘rgangan bo‘ladi. Go‘zal hulqli inson butun jamiyatga manfati tegadi. Bugun biz musulmonlar boshqa din vakillariga o‘rnak bo‘lishimiz kerak.
SHo‘rchi tumani»Tolli ota» jomi masjidi imom xatibi Rashidov Haybatulloh