Alloh subhanahu va taolo bandalariga hammamiz yaxshi bilamiz cheksiz nematlarni bergan. Ushbu nematlarni ichidagi eng buyuklaridan biri albatta hayot yashashlik vaqt umr guzaronlik qilish ne’matidir. Ammo bu ne‘mat bizlarda dunyoga kelganimizdan bizlar bilan birga bo‘lganligi uchun o‘zimiz bilan doimiy holda birga bo‘lganligi uchun qadriga yetmaymiz. Ne‘matlarni sanab o‘tayotganda ko‘pincha vaqt umr ne‘matini unutib qo‘yamiz.

Ko‘proq ne‘mat deganda har bir inson o‘zining tushinchasiga qarab turib bir narsani ne‘mat deydi.

Unga maqom martaba beradi. Har bir insonning ilmu ma‘rifati va fahmu farosatiga qarab turib ne‘matning qadri qiymati belgilanadi.

Kimlar uchundir eng buyuk ne‘mat moli dunyo. Ko‘p bemor bo‘lganlar uchun eng buyuk ne‘mat sihat salomatlik.
Kambag‘allar uchun eng buyuk ne‘mat boylikdir.
Tinch xotirjamligi yo‘q insonlar uchun eng katta ne‘mat xotirjamlik tinchlik bo‘lsa deydi.
Moli dunyosi to‘lib toshib yotibdi ammo xotirjamlik yo‘q. Unga xotirjamlikdanda zo‘rroq ne‘mat yo‘q bo‘lib ko‘rinadi.
Huddi shunga o‘xshash gap. Kimdir bir narsaga erisha olmayotgan bo‘lsa o‘sha erishaolmayotgan narsasini eng katta ne‘mat deb hisoblaydi.

Va lekin Alloh taoloning nazdida shar‘iy nazarda eng buyuk ne‘matlar nima deganda ko‘pchilik bilishmaydi.
Ammo buni ahli ilmlar ibodatdagi insonlar komil mo‘min musulmonlargina tushinib yetadilar xolos.

Albatta ne‘matlarni ichida iymon ne‘matiga yetadigani yo‘q. Insonning umri qisqa bo‘lsin uzun bo‘lsin farqi yo‘q. Iymon bilan bo‘lsa u umr ne‘matga aylanadi.

Ammo iymonsiz ming yil yashasin unga vaqtni zarracha manfaati tegmaydi. Umrni zarracha foydasi bo‘lmaydi.
Shuning uchun azizlar avvalo iymon ne‘mati turadi.

Undan keyin insonga beriladigan ne‘matlar ichida albatta umr ne‘mati ham vaqtni g‘animat bilishlik ne‘mati ham buyuk bir ne‘matdir.

Ammo aytib o‘tganimizdek tug‘ulibmizki shu vaqtni bilamiz umrguzaronlik qilib yashab kelyapmiz
Doimiy shu bilan birgamiz. O‘shani uchun bu to‘g‘risida hech kim o‘ylab ham ko‘rmaydi. Umr ne‘mati ne‘matlarni ichida eng saralaridan biri.
Agar shu ne‘matni qadr qiymatiga yetsa, iymon e‘tiqod bilan har bir lahzasini o‘tkazilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Hadisi shariflarda vaqt qadri alohida ta‘kidlangan. Hatto, Qiyomat kunida insondan so‘raladigan dastlabki to‘rtta savolda ham umrning so‘rog‘i bor.

Hadisi sharifda shunday marhamat qilinadi.
«Banda qiyomat kuni to‘rt xislatidan so‘ralmaguncha, bir qadam ham oldinga siljiy olmaydi; umrini nima bilan o‘tkazgani, o‘rgangan ilmiga qanday amal qilgani, mol dunyoni qay yo‘sinda topganiyu nimalarga sarflagani va jismini nimaga fido qilganidan so‘raladi» (Imom Termiziy rivoyati).

Shunday ekan azizlar umrimizni qanday o‘tkazayotganligimizga nima amallar bilan mashg‘ul bo‘layotganimizga ahamiyat qaratmog‘imiz lozim bo‘ladi.

Oltinsoy tuman «Qorliq» jome masjid imom xatibi Hamidulloh Turdiyev.
Азиз диндошим, «Ойдин кечалар»нинг кундузларидаги рўзани ғанимат билинг!

1441 ҳижрий йил, Жумодул-аввал ойининг 13-, 14-, 15-кунлари 2020 йилнинг 8, 9 ва 10 январ (чоршанба, пайшанба ва жума) кунларига тўғри келмоқда.

Бу кунлар ҳижрий-қамарий ойнинг 13-, 14-, 15-кунлари бўлиб, Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам шу кунларда рўза тутишга тарғиб қилардилар.

عَبْدُ الْمَلِكِ بن منهال عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ » يَأْمُرُ بِهَذِهِ الْأَيَّامِ الثَّلَاثِةِ الْبِيضِ وَيَقُولُ: «هُنَّ صِيَامُ الشَّهْرِ»

Абдулмалик ибн Минҳол отасидан ривоят қилади: «Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам мана шу уч ойдин кечаларнинг кундузида рўза тутишга буюрардилар ва «Булар тўла бир ой рўза тутиш(га тенг)», дердилар». Насоий (2430, 2431). Ҳасан ҳадис.

عَنْ أَبِي ذَرٍّ، قَالَ: » أَمَرَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ نَصُومَ مِنَ الشَّهْرِ ثَلَاثَةَ أَيَّامٍ الْبِيضَ: ثَلَاثَ عَشْرَةَ، وَأَرْبَعَ عَشْرَةَ، وَخَمْسَ عَشْرَةَ »

Абу Зарр розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Рoсулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳар ойдан уч ойдин кечанинг кундузларида: ўн уч, ўн тўрт ва ўн бешинчи кунлари рўза тутишимизга буюрдилар». Насоий (2422, 2423). Ҳасан ҳадис.

Имом Бухорий «Ойдин кечаларнинг кундузлари – 13, 14, 15-сида рўза тутиш ҳақидаги боб», деганларидан сўнг қуйидаги Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳунинг ҳадисини келтирганлар.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ أَوْصَانِي خَلِيلِي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِثَلاثٍ صِيَامِ ثَلاثَةِ أَيَّامٍ مِنْ كُلِّ شَهْرٍ وَرَكْعَتَيْ الضُّحَى وَأَنْ أُوتِرَ قَبْلَ أَنْ أَنَامَ. متفق عليه

Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳу дедилар: «Халилим соллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳар ойда уч кун рўза тутишни, (кунда) икки ракъат чошгоҳ намозини ҳамда ухлашдан аввал витр намозини ўқишни менга васият қилдилар». Муттафақун алайҳ. Бухорий (1981), Муслим (721/1556).

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرو بْنِ الْعَاصِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «وَ صُمْ مِنَ الشَّهْرِ ثَلَاثَةَ أَيَّامٍ، فَإِنَّ الْحَسَنَةَ بِعَشْرِ أَمْثَالِهَا، وَ ذَلِكَ مِثْلُ صِيَامِ الدَّهْرِ». متفق عليه

Абдуллоҳ ибн Амр розияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «(Ҳар) ойдан уч кун рўза тут. Чунки бир яхшилик ўн баробар (қилиб берилади). Ва бу умрбод рўза тутиш(га тенг)дир». Муттафақун алайҳ. Бухорий (1976), Муслим (1159/2618).
Сурхондарё вилояти Олтинсой тумани
«Саййид Мухиддинхон» жомеъ масжид мухтасиби: Т.Абдулахатов

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here