Qur’oni Karimning kõpgina oyatlarida va Payğambarimiz s.a.v. ning kõpgina hadislarida sabr nihoyatda yuqori darajadagi insoniy fazilat ekanligi ta’kidlab kelinadi. Mõmin-musulmon kishi doimo pokiza yashaydi. Jismini,kiyimini,turar joyini,yeydigan luqmasiga e’tibor berib doimo ozoda tutadi.Gõzallikka,ozodalikka intiluvchi kishi bõladi. Hayotning turli xil xursandchiliklariga doimo Olloxga shukrona keltiradi va hayotning turli xil qiyinchiliklariga sabr qiladi va uni yengib õtishga urunadi.Bugungi kunda dunyo hamjamiyati orasida korona virus kasalligini rivojlanib ketishi oddiy qaraydigan narsa emas.Insoniyat tarixiga nazar soladigan bõlsak katta katta falokatlarni boshidan õtkazgan.Yaqin tariximizdagi ota onalarimiz boshiga tushgan,1930-1945 yillardagi sinovlarni bir kõzimiz oldiga keltirib kõraylik,ana shunday oğir damlarda qorni tõyib non yemagan,usti butun kiymagan,yashash sharoitlari yetarli bõlmagan paytlarda sabr qilib yaxshi kunlarga yetkazishni Ollohdan sõrab yashaganlar hamda yengib õtganlar. Barchasiga sabr qilganlar. Muxtaram yurtdoshlar! Bu kasallikdan vaximaga tushmagan holda kõnglimizni tõq tutib Olloh taologa suyanib va xotirjam hayotni tilab duoda bõlib,sabr qilmoqligimiz lozim. Boshimizda muxtaram yurtboshimiz Ollohdan madad sõrab u kishi boshchiligida shifokorlarimiz Barcha soxa xodimlari kecha kunduzi bilan xalqimizni sixat salomatligi yõlida xavfsizligi yõlida katta ishonch bilan xizmatlarni amalga oshirmoqdalar.Bu xizmatlarni xalqimiz tõğri baholamoqliklari lozim,hech qachon õzlarini nochor ahvolga solmasliklari lozim.Uyda qolish qanchalik zarur ekanliklarini,ziyoli insonlar, fan va madaniyat arboblari,diniy ulamolar xalqimizga keng miqyosda tushuncha berib yordam bermoqliklari lozim. Ollohim butun bashariyat boshidan bu kasallik balosini kõtargin. Raxbarbarlarimizga va shifokorlarimizga va barcha soxa xizmatchilariga õzing madadkor bõlib,qiladigan barcha xizmatlarini biriga ming ajru savoblar ato aylab xalqimizga ulkan sabr qanoat ato aylab.

Muxtaram yurtdoshlarimizdan bugungi kunda uyda qolishliklarini sõrab qolaman.

 

Oltinsoy tuman Sõfi Ollohyor jome

masjidi imom xatibi K. Azimov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here