Insonlar o’zlariga berilgan qimmatli umrni behuda ishlar bilan o’tkazishlari durust emas, albatta.
Lekin oramizda ba`zi bir odamlar borki, vaqtlarini zoye ketkazib, qimmatli umrlarini gunoh ishlarga sarf etadilar. Mast qiluvchi ichimliklarni ichib, talonchilik, buzg’unchilik va o’g’irlikka qo’l uradilar. Yuzlaridan hayo pardasi ko’tarilib, or-nomusdan ayriladilar
Bir kuni Ilm va Or-nomus uchrashib qolibdi. Ilm aytibdi: «Agar men yo’qolib qolsam, masjid va madrasalardan izlanglar». «Agar men yo’qolib qolsam, — debdi Or-nomus, — izlab, ovora bo’lmanglar, hech qayerdan topolmaysizlar…»
Darhaqiqat, or-nomusidan ayrilib, sha`niga dog’ tushirgan insonlar avvalgi martabasi-yu, mavqeini tiklab olishlari dargumon. Bu ularning hayotida bir umr qora dog’ bo’lib qoladi. Ayniqsa, o’g’irlik qilib qo’lga tushgan insondan hamma qochadi. O’g’ri degan nom tavqi la`natdek hamisha uning ismiga taqaladi. Hamma tinch, farog’atda yashasa, o’g’ri doimo havfda, iztirobda, pana-pastqamda umr kechiradi. Uning yomonligidan odamlar notinch bo’ladi.
Undaylar haqida Rasuli Akram (sollallohu alayhi vasallam) debdurlar: «Qiyomat kunida odamlarning eng past darajalisi dunyoda odamlar uning yomonligidan notinch bo’lgan kishidir».
Boshqa bir Hadisda esa: «Mo’minlarning molini nohaq o’zlashtiradigan kishilar Qiyomat kunida do’zaxga tushurlar», deyilgan.Abu Lays As-Samarqandiy hazratlarining «Tanbehul g’ofiliyn» asarida bu haqda quyidagi jumlalarni o’qish mumkin: «Kim o’n dirham o’g’irlasa, uning qo’li kesiladi. Musulmon kishining qo’li o’n dirhamning hurmatidan emas, balki ikki ish sababidan kesiladi: mo’minlar hayotini oyoq-osti qilgani va Alloh taqsim qilgan narsaga rozi bo’lmagani uchun. U boshqaning moliga ko’z olaytirdi. Tangri taolo uning qilgan ishi sababli jazo sifatida va Yaratganning boshqa taqsimotiga rozi bo’lmaydiganlarga ibrat uchun kesishga buyurdi».Bosqinchilik qilib, birovlarning qonini to’kib, molini talayotgan yoki payt poylab o’g’irlik qilgan kishilar o’zlarini mo’min deb atashga haqlari yo’q. Chunki Islom dini kishilarni iymon va insofga chorlab, ularni haromdan, buzg’unchilikdan qaytaradi.
Hazrati Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qilib debdurlar: «Mo’min odamni so’kish — fosiqlik, o’ldirish — kofirlikdir. Uning moli hurmati — qonining hurmati kabidir, ya`ni, qonini to’kish qanday harom bo’lsa, molini olish ham shunday haromdir».
Rasuli Akram (sollallohu alayhi vasallam) yana bir Hadisda: «O’g’irlik — katta gunoh. Xatto, o’g’irlangan molni bilib turib sotib olgan odam ham shu gunohga barobar sherikdir», — deb marhamat qilibdur.Donishmandlar debdurlar: «Har kim alam va sitam daraxtini eksa, uqubat va azob mevasini terib oladi».Islom jamiyatida yashayotgan kishilarga, kim bo’lishidan qat`i nazar, yaxshi hayot kechirish haqini beradi. Ularni to’g’ri yo’lda tarbiyalaydi. Ijtimoiy hayotda adolatni o’rniga qo’yadi. Shaxsiy mulkning halol yo’l bilan rivojlanishiga eshikni keng ochib qo’yadi. Jamiyat a`zolarining ijtimoiy ta`minotini ham yo’lga qo’yadi.Kishilarni o’g’irlikka boshlaydigan omillarning oldini oladi. Ana shundan keyingina o’g’rining qo’lini kesishga hukm chiqaradi.Islom har bir insonga yaxshi hayot kechirish haq-huquqini berishi insonlarning yaxshi yeb-ichishi, kiyinishi, turar joyga ega bo’lishida o’z aksini topadi. Bu narsaga erishishning asosiy yo’li har bir insonning halol mehnatidir. Islom jamiyati a`zolariga halol mehnat ila kasb qilishga to’liq sharoit yaratib berishga mas`ul. Fuqaroning hunari bo’lmasa, hunar o’rgatadi. Hunarini ro’yobga chiqarishga imkon yo maydon bo’lmasa, o’sha imkon va maydonni yaratadi. Ish topib beradi. Agar ushbu omillarni ishga solib ishlasa ham, topgani kun kechirishga yetmasa yoki boshqa sabablar tufayli ishlay olmasa, Islom shariati bo’yicha, boshqa tomonlardan yordam oladi. Avvalo, iqtisodiy jihatdan holati yaxshi bo’lgan yaqin qarindoshlaridan unga nao’g’irlagan odamning qo’li kesilmaydi, ammo boshqa chora ko’riladi. Berkitilgan joydan chiqib qolgan, omborning eshigi ochiq qolib, undan ko’rinib turgan yoki mol bor joyga kirib-chiqib yurishiga ruxsat berilgan odamlarga nisbatan ham, agar moldan olsalar, boshqa chora ko’riladi.Eng muhim shartlardan biri – berkitilgan joydan o’g’irlangan mol Payg’ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) davrlaridagi chorak dinor qimmatga ega bo’lishi kerak. Undan oz bo’lsa, o’g’rining qo’li kesilmaydi. Unga boshqa chora ko’riladi.Endi qo’li kesilishi lozim bo’lgan o’g’riga bu jinoyat qanday tarzda sobit bo’ladi? Ya`ni, qozixona bu odamning aybdor-jinoyatchiligi sobit bo’ldi, qo’li kesilsin, deb qachon hukm chiqara oladi? O’g’rilik sobit bo’lishi, avvalo, o’g’rining shaxsiy e`tirofi ila bo’ladi. U e`tirof qilgandan so’ng yuqoridagi shartlar tekshirib chiqiladi. To’g’ri kelsa, yana bir bor o’g’ridan bu ishni tushunib qilgan-qilmagani so’raladi. Ana shundan so’ng hukm chiqariladi.Yana o’g’rilik ikki adolatli kishining guvohligi bilan ham sobit bo’ladi. Guvoh adolatli bo’lishi juda muhim. Ya`ni, umri bo’yicha shariatga xilof qilmagan, yolg’on gapirmagan, avval guvohligi noto’g’ri chiqmagan bo’lishi kerak. Shuning uchun ham qozilar guvohlarning guvohligini qabul qilishdan oldin ularning kimligini o’rganib chiqadi. Jamiyatdagi e`tiborli kishi-lardan ularning pokligi, adolati haqida ma`lumot oladi. So’ngra guvohligini qabul qiladi. Mazkur shartlarda ozgina shubha tug’ilsa, qo’l kesish bekor qilinadi. Agar o’g’irlik shubhasiz sobit bo’lsa, o’g’rining o’ng qo’li bilagi bilan kaftini birlashtirib turuvchi bo’g’indan kesiladi.Islomning bu hukmiga qarshi chiquvchilar, bu jazo insonparvarlik ruhiga to’g’ri kelmaydi, o’g’ri qanchalik miqdorda o’g’irlik qilgan bo’lsa ham, qo’lini kesmasdan, qamash kerak, deyishadi. Necha yuz yillardan buyon bu tadbirlarini joriy ham qilmoqdalar. Ammo yildan-yilga, oydan-oyga, kundan-kunga o’g’irlik ko’payib bormoqda. Mayda o’g’rilar uchun qamoqxona jazo emas, balki malaka oshirish kursi, o’g’irlik ishini yanada chuqurroq egallash maktabi bo’lib qoldi. Qamoqdan, o’zidan ko’ra tajribali shaxslardan tajriba o’rganib chiqib, avvalgisidan kattaroq o’g’irlik qilmoqdalar. Bu mantiqsiz holat yetti yoshdan yetmish yoshgacha hammaning istehzosiga sabab bo’lmoqda.Islomiy jazo bo’lmish qo’l kesish esa, eng samarali omil hisoblanadi. Islomda jinoyatning oldini olishga, tag-tomiri bilan yo’qotishga harakat qilinadi. Shuning uchun ham tayin qilingan jazolar nafaqat tan jazosi, balki ruhiy, ma`naviy va tarbiyaviy jazo ham hisoblanadi. Bu ma`noda Islomda ko’zda tutilgan jazolar jinoyatchi nimani ko’zlab jinoyat qilsa, uni, avvalo, o’shandan mahrum qilishga o’tiladi. Misol uchun, merosga tezroq yetish uchun meros qoldiruvchining o’limiga sabab bo’lgan merosxo’r avval merosdan mahrum qilinadi, keyin boshqa choralar ko’riladi. O’g’irlik qilgan odam osonlik bilan molu mulkka ega bo’lish maqsadida bu ishga qo’l uradi. Unga molu mulk topishni qiyinlashtirish uchun qo’li kesiladi.
Qolaversa, boshqa jazo choralari kabi, bu jazo ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Jazo hukmi ko’pchilik xalqni to’plab turib ijro etiladi. Ko’pchilikning ichida sharmanda bo’lgan va tanasida jinoyatining belgisi qolgan shaxs ikkinchi bor bu ishga qo’l urmaydi. Eng muhimi – hukmni ijro etish paytida hozir bo’lganlar ham o’rnak olib, shu kabi sharmanda bo’lmaslik uchun o’g’irlikdan tiyiladilar.
Bu hukmni ijro etishdan ko’ra, uning haybati ko’pchilikni jinoyatdan ushlab turishi e`tiborga sazovor. O’g’rining qo’li kesiladi, degan hukm chiqishi bilanoq ko’pchilik o’zidan-o’zi quyilib qoladi. Payg’ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) vaqtlarida ushbu oyati karima tushganidan so’ng uch-to’rt kishining qo’li kesilishi bilan hech kim o’g’irlik qilmay qo’ygan. Hozirgi paytdagiga o’xshab, jazoni o’tab chiqiboq yana qaytadan boshlashmagan.Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Chorak dinor va undan ko’pdan boshqada qo’l kesilmaydi», dedilar».Ko’pchilik fuqaholar ayni shu hadisni amal uchun qabul qilishib, qo’l kesish uchun ta`yin qilingan maxsus miqdor, chorak dinor, deganlar.Hanafiy mazhabi esa: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning davrlarida qalqon o’n dirham qiymatga ega edi», degan hadisga amal qilib, maxsus miqdor — o’n dirham, deganlar.O’g’ri qo’lga tushsa, unga nisbatan qandoq jazo beriladi va qanchalik miqdordagi narsa o’g’irlanganda o’sha jazo qo’llaniladi.

Mo’min kishi Alloh taolo taqsim qilgan narsaga rozi bo’lmog’i kerak. O’tmishda shariat qoidalariga binoan o’g’rining qo’li kesilgan.
Alloh taolo: «O’g’ri erkak va o’g’ri ayolning qo’llarini kesinglar. Ikkovlari qilgan kasbining jazosiga va Allohdan azob o’laroq. Alloh aziz va hikmatli zotdir», (Moida surasi, 38-oyati) degan.
Ushbu oyati karimaga binoan bir odam hisobga yetgan miqdordagi narsani o’g’irlasa, o’g’riligi hujjat-dalil bilan sobit bo’lsa, qo’li kesiladi.
Ushbu oyati karima va unda bayon qilingan hukm eng ko’p tortishuvlarga, bahslarga va muqoyasalarga sabab bo’lgan masalalardandir.
…Bir hikoyatda shunday yoziladi: «Bir darvesh bor edi. U xushfe`l, odobli va dono bo’lgani uchun uni Donodil der edilar. Kunlardan bir kun Donodil Makka ziyoratiga yo’l oladi. Yo’lda bir necha o’g’ri bosqinchilar uning mol-dunyosi ko’p bo’lsa kerak, deb o’ylab, yo’lini to’sdilar. Shunda Donodil dedi: «Menda mol-dunyo yo’q. Yo’lga olgan ko’rpa-to’shagim bor, xolos. Istasangiz, mana, oling. Lekin meni salomat qoldiring, orzumga yetay».
O’g’rilar uning so’ziga e`tibor bermay, o’ldirish uchun qilich yalang’ochladilar. Donodil sarosimaga tushib, atrofga alangladi. Shu vaqt tepalarida uchib borayotgan bir to’da yovvoyi o’rdaklarga ko’zi tushdi. Donodil ularga qarab dedi: «Ey, o’rdaklar, bu biyobonda sitamkorlar qo’liga tushdim. Sizlar mening holimga guvohlik berib, bu odamlarning jazosini beringlar».
Lekin o’g’rilar uni mazax qilib, kulib o’ldirdilar… Donodilning o’lganligi haqidagi xabar shahar ahlining qulog’iga yetdi. Ular qotillarni izlay boshladilar.
Bir kuni odamlar namoz o’qigani masjidga yig’ildilar. Bir burchakda Donodilning qotillari — o’g’rilar ham o’tirgan edi. Nogoh osmondan bir to’da yovvoyi o’rdaklar uchib kelib, chug’urlashib, o’g’rilar boshida aylanishdi. Shu vaqt o’g’rilardan biri istehzo bilan yonidagi sherigiga dedi: «Bular Donodilning xunini talab qilmoqdalar».
Bu gapni eshitgan kishi yonidagi hamrohiga, u esa yana boshqasiga aytdi. Shunday qilib bu xabar shahar hokimining qulog’iga yetdi. Darhol o’g’rilarni ushlab jazoladilar.
…O’g’irlik, talonchilik bilan shug’ullangan kishilar oxiratda xoru-zor bo’ladilar. Alloh barchamizni bunday zalolat-u qabohatdan o’zi asrasin.

Қумқургон тумани “Шох Машраб”
жоме масжиди масъул котиби​Б.Аминов

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here