Biz mansub bo‘lgan Islom dinining moliy ibodatlaridan bo‘lgan qurbonlik, buyuk Allohning ne’matlari uchun shukr etishimiz va Uning yo‘lida fidokorlik qilishimizning bir nishonasidir.

Qurbonlik diniy bir ibodat bo‘lishidan tashqari, ayni vaqtda uning axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati ham bor. Qurbonlik shu jihati bilan ham Islomdagi o‘zaro ijtimoiy yordamlashishning go‘zal bir namunasini tashkil etadi. Qurbonlikdan maqsad, Alloh roziligini topish. Bu maqsadning amalga oshishi esa kibr va riyodan uzoq bo‘lib, samimiyat va ixlos bilan qurbonlikni ado etishga bog‘liqdir. Bo‘lmasa, Allohning na qurbonlik go‘shtiga, na qoniga ehtiyoji bor. Qur’oni karimda mavzuga doir aytilganki:

«Allohga (qurbonlik) go‘shtlari ham, qonlari ham yetmas. Lekin, u Zotga sizlardan taqvo yetar. Alloh sizlarni hidoyat qilgani sababli — U zotni ulug‘lashlaringiz uchun — ularni sizlarga bo‘ysundirib qo‘ydi. Ezgu ish qiluvchilarga xushxabar bering!». (Haj surasi, 37-oyat).

 

Savol:  Qurbonlik nima?

Javob:  Qurbonlik lug‘atda «yaqinlashmoq», istilohda Qurbon hayiti kunlarida Allohga

ma’naviy yaqinlashish maqsadi bilan so‘yilgan hayvonga (jonliqqa) berilgan nomdir.

 

Savol:  Qurbonlik qachon mashru’ (shar’iy amal) qilingan?

Javob:  Qurbonlik hijratning ikkinchi yili Madinada mashru’ qilingan. Shar’iy amalligi

kitob, sunnat va ijmo’ bilan sobitdir.

 

 Savol:  Qurbonlik shar’iyligininghikmati nimada?

Javob:  Buyuk Allohning ne’matlari uchun shukr etish, Haq yo‘lida fidokorlik qilish,

moddiy imkoniyatlari yo‘l qo‘ymagan kimsalarning ma’lum bir vaqtlarda bo‘lsa ham,

go‘sht yeyishlarini ta’minlash, pirovardida savob olmoq va bir qancha balolardan

asranmoq kabi diniy, axloqiy va ijtimoiy maqsadlarga yetishish Qurbonlik shar’iyligining

hikmatidir. Qurbonlik ayni paytda Islomdagi ijtimoiy o‘zaro yordamlashishning va

birdamlikning go‘zal namunalaridan biridir.

 

 

Savol:  Qurbonlik qilishninghukmi nimadir?

Javob:  Qurbonlik qilish vojibdir.

 

Savol:  Qurbonlik vojib bo‘lishining dalili nima?

Javob:  Qur’ondagi: «Robbing uchun namoz o‘qi va qurbonlik qil», ma’noli oyati karima

hamda «Sharoit, imkoniyati bor bo‘lib qurbonlik qilmagan kishi namozgohimizga

yaqinlashmasin» ma’nosidagi hadisi sharif qurbonlik vojib bo‘lishining dalilidir.

 

Savol:  Qurbonlik qachon qilinadi?

Javob:  Qurbonlik qilishning vaqti, Qurbon hayitning birinchi kuni tong boshlanishi bilan

boshlanadi va uchinchi kuni quyosh botishigacha davom etadi. Lekin hayitning birinchi

kuni so‘yilishi afzalroq. Shaharda va hayit namozi o‘qiladigan joylarda qurbonlikni hayit

namozidan keyin so‘yish shartdir. Biroq Hayit namozi o‘qilmaydigan joylarda hayit kuni

tong ota boshlashi bilan so‘yilishi mumkin.

 

Savol:  Musofir bo‘lgan kishining yashayotgan joyida vakolat bilan qilgan qurbonligining

hukmi qanday?

Javob:  Musofir bo‘lgan kishining yashayotgan joyida vakolat bilan qilgan qurbonligi

nafldir.

 

Savol:  Qaysi hayvonlar qurbonlik qilinishi mumkin?

Javob:  Hayvonlardan faqat qo‘y, echki, to‘ya va qoramol qurbonlik qilinishi mumkin.

Qo‘tos ham qoramol jinsidandir. Xo‘roz, tovuq, kurka va g‘oz kabi uy parrandalari

hamda go‘shti yeyiladigan yovvoyi hayvonlar qurbonlik niyati bilan so‘yilishi mumkin

emas.

 

Savol:  Bir hayvon nechta odam nomidan qurbonlik qilinishi mumkin?

Javob:  Bir qo‘y yoki echki faqat bir kishi nomidan qurbonlik qilinishi mumkin. Bir tuya

yoki bir qoramol bir kishidan yetti kishiga qadar odamlar nomidan qurbonlik qilinishi

mumkin. Yetti kishidan oshmaslik sharti bilan sheriklarning toq yoki juft bo‘lishlarining

aslo farqi yo’q.

 

 

Savol:  Qurbonlikda sheriklardan talab qilingan shartlar qaysilar?

Javob:  Bir qoramol yoki tuyani qurbonlik qilishda sherik bo‘lganlardan talab qilingan

shartlar shulardir:

  1. Barcha sheriklarning musulmon bo‘lishlari;
  2. Hammasining qurbonlik niyati bilan sherik bo‘lishlari;
  3. Har birining umumiy qurbonlikdan eng kamida yettidan biriga ega bo‘lishi;

Sheriklardan biri musulmon bo‘lmasa yoki qurbonlik niyati bilan emas, go‘sht uchun

qo‘shilsa yoki birining hissasi yettidan biridan kam bo‘lsa, u qurbonlik tamoman qabul

qilinmaydi. Lekin (niyatda) qurbonlik xillarining bir xil bo‘lishi shart emas. Ya’ni bir

qismining vojib qurbonligiga, bir qismining sunnat, nafl, o‘lik (marhum nomidan) yoki

aqiqa kabi farqli qurbonlik xillari uchun niyat qilinishi joizdir. Barcha sheriklarning bir xil

qurbonlik (turi) uchun sherik bo‘lishlari mustahabdir.

 

Savol:  Qaysi hayvonni qurbonlik qilish afzalroqdir?

Javob:  Tuya qoramoldan, qoramol qo‘ydan, qo‘y echkidan afzalroq . Savol:

Qurbonlikning erkagi afzalmi yoki urg‘ochisimi? Javob:  Qo‘y va echkining erkagi, tuya

bilan qoramolning urg‘ochisi afzaldir.

 

Savol:  Bir hayvonning (jonliqning) qurbonlik qilinishiga to‘siq bo‘lgan qusurlar

qaysilardir?

Javob:  Bir hayvonning qurbonlik qilinishiga to‘siq bo‘lgan kamchiliklarning asosiylari

shulardir:

  1. Kasalligi aniq oshkor bo‘lsa;
  2. Suyaklari mag‘zida ilik qolmaydigan darajada ozg‘in bo‘lsa;
  3. Ikki yoki bir ko‘zi ko‘r bo‘lsa;
  4. Oqsayotgan oyog‘ini yerga bosib, qurbonlik qilinadigan joyga borolmaydigan

darajada cho‘loq bo‘lsa;

  1. Tishlarini ko‘pi to‘kilgan bo‘lsa;
  2. Qulog‘ining yoki dumining yarmidan ko‘pi uzilgan yoki kesilgan bo‘lsa;
  3. Shoxlaridan biri yoki ikkisi tomiri bilan kesilgan bo‘lsa;
  4. Qo‘yning bir, qoramolning ikki yelinininguchi uzilgan bo‘lsa;
  5. Dumi yoki qulog‘i tug‘ilgan paytidanoq bo‘lmagan bo‘lsa;
  6. Burni kesilgan bo‘lsa;
  7. Faqat axlat yegan bo‘lsa;
  8. Tilining ko‘p qismi kesilgan bo‘lsa.

 

Lekin qurbonlik hayvonining g‘ilay, qo‘tir yoki jinni bo‘lishida, quloqlarining teshilgan

yoki yorilgan yoki uchidan kesilib osilib yotgan holatda bo‘lishida, jinsiy olatlarining

yo‘qligida yoki bichilgan holda bo‘lganligida zarar yo‘qdir.

 

Savol:  Qurbonlik qanday so‘yiladi?

Javob:  Qurbonlik qiblaga qarab yotqiziladi, keyin duo niyati bilan: «Mening namozim,

ibodatlarim, yashashim va o‘limim olamlarning Rabbisi bo‘lgan Alloh uchundir. Uning

sherigi yo‘qdir». (An’om surasi, 162-163-oyatlar), oyati karimasi o‘qilgandan keyin

«Bismillahi Allohu akbar» deb so‘yiladi. Qo‘lidan kelsa qurbonlikni o‘zi so‘yishi kerak,

kelmasa, munosib ko‘rgan bir musulmonga vakolat bilan so‘ydirish mumkin.

 

Manbalar asosida tayyorlandi.

Sh. Anvarov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here