Alloh taolo insonlarga Yer yuzida rizqning halolidan talab qilishni amr etdi. Halol rizqlaniish esa o‘zgalarningo‘haqqidan hazar qilish, birovning molini har ~xil nohaq yo‘llar bilan olishdan saqlanish demakdir. Qur’oni kaeimda bunday deyiladi:
«Mollaringizni o‘rtalaringizda botil yo‘llar bilan yemangiz.! SHuningdek bila turip, odamlarning haqlaridan bir qismini gunoh yo‘li bilan yeyish uchun uni hokimlarga havola etmangiz!»( Baqara 188).
Ushbu oyat tafsirida Ibn Abbos (r a ) bunday degan:» Y’ani, nohaq, yolg‘on qasam bilan kishining o‘z birodari molini o‘ziniki qilib olishdan qaytardi».
Hazrat Rasullulloh (s a v)
» Kim qayerdan mol topayotganiga e’tibor bermasa, Alloh ham uning do‘zaxning qaysi eshigidan kirishiga parvo qilmaydi»deb birovdi molini nohaq yeyishdan qaytarganlar.
Ulomolar fatvolarida quydagi so‘zlar bor: Boshqalarning haqini nohaq yeyuvchilar siraaiga xoin, alxoqchi, o‘g‘ri, battol, foiz oluvchi va beruvchi, yetim molini yeyuvchi, yolg‘on guvohlik beruvchi, qarzga, bir narsa olib undan tonuvchi, poraxo‘r, o‘lchov va tarozidan urib qoluvchi, molini aybini aytmay sotuvchi, zotuvchidan so‘ramay, haqqini olib qoluvchi dallollar kiradi» deganlar.
Birovni haqqini zulm bilan yeyishlik harom ekani Qur’on va Sunnat hukmi bilan sobit bo‘lgan. Kim o‘zini bu hukmga itoatli sanasa, haromdan hazar qilsin, o‘zganing haqaiga har~xil yo‘llar bilan tajovvuz qilaishdan tiyilsin.

Oltinsoy tuman “Ahmad Yassaviy”
jom’e masjidi imom xatibi: A.Choriyev

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here