Yaxshilik va sahovat yo‘llari ko‘p
Alloh taolo:
«Qanday yaxshilik qilsangiz, shubhasiz Alloh uni bilguvchidir» (Baqara surasi, 215-oyat); «Qanday yaxshi amal qilsangiz, albatta Alloh biladi»(Baqara surasi, 197-oyat); «Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misqolicha yaxshilik qilsa, (Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur» (Zalzala surasi, 7-oyat); «Kim biron yaxshilik qilsa, bas, o‘zi uchun (ya’ni, o‘z foydasiga qilgan) bo‘lur» (Josiya surasi, 15-oyat) deb aytgan. Abu Zarr Jundub ibn Junodadan (r.a.)rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, qaysi amal afzal?» desam, u zot: «Allohga imon keltirish vaUning yo‘lida jihod qilish», dedilar. «Qaysi qulni ozod qilish yaxshiroq?» desam, u zot: «Egalari huzurida yaxshirog‘i va narxi qimmat bo‘lganini», dedilar. «Agar bularni qila olmasam-chi?» desam, u zot: «Hunarmandga yordam ber yoki hunari yo‘qni ish bilan ta’minla!» dedilar. «Bu ishlarning ba’zisini ham qila olmasam-chi?» desam, u zot: «Odamlarga yomonlik qilishdan tiyilgin. Chunki u ham sendan bo‘lgan sadaqadir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardagi har bir bo‘g‘imingiz uchun har kuni tong otganida sadaqa bordir. Har bir tasbehingiz (ya’ni, «Subhonalloh», deyishingiz) sadaqadir. Har bir hamdingiz (ya’ni, «Alhamdulillah», deyishingiz) ham
sadaqadir. Har bir tahlilingiz (ya’ni, «La ilahaillalloh», deyishingiz) ham sadaqadir. Har
bir takbiringiz (ya’ni, «Allohu akbar», deyishingiz) ham sadaqadir. Yaxshilikka
buyurishingiz hamda yomonlikdan qaytarishingiz ham sadaqadir. Choshgoh (zuho)
paytidagi ikki rakat o‘qigan namozingiz bularning barchasiga o‘zi kifoya qiladi», dedilar».
Imom Muslim rivoyatlari.
Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi.Rasululloh (s.a.v.): «Menga ummatimning
yaxshi va yomon amallari ko‘rsatildi. Yo‘ldan aziyat beruvchi narsalarni olib tashlanishini
yaxshi amallar sirasidan topdim. Masjidga balg‘amini tashlab ko‘mib qo‘yilmaganini
yomon amallar sirasidan topdim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Odamlar: «Ey Allohning rasuli, badavlat
kishilar ajr olishda o‘zib ketishdi. Ular ham biz o‘qigandek namoz o‘qishadi va biz
tutgandek ro‘za tutishadi. Va (kamiga) ehtiyojlaridan ortiqcha mollarini sadaqa ham
qilishadi», deyishganida, Rasululloh (s.a.v.): «Alloh sizlarga ham sadaqa qiladigan
narsalarni bermadimi? Albatta har bir tasbehingiz sadaqa, har bir takbiringiz sadaqa, har
bir hamdingiz sadaqa, har bir tahlilingiz sadaqa. Yaxshilikka buyurishingiz sadaqa.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Yomonlikdan qaytarishingiz sadaqa. Ayolingiz bilan shar’iy qovushishingiz ham sadaqa»,
dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Bizlardan birortamiz shahvatini qondirsa ham, savob bo‘ladimi?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.): «O’sha shahvatini
harom yo‘l bilan qondirsa, gunoh bo‘ladimi? Shu singari halol yo‘l bilan qondirsa, savob
bo‘ladi-da», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) menga:
«Yaxshiliklardan birortasini past sanamagin. Agar birodaringga ochiq yuz bilan yo‘liqib
bo‘lsa ham», dedilar (ya’ni, birodaringga ochiq yuz bilan yo‘liqish ham yaxshilikdir)».
Imom Muslim rivoyatlari Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Har kun quyosh
chiqishi bilan kishining har bir bo‘g‘imiga sadaqa lozimdir. Ikki kishining orasini isloh
etish ham sadaqadir. Uloviga chiqayotganda ko‘tarishib qo‘yilsa yoki yukini yuklashib
berilsa, u ham sadaqadir. Muloyim so‘z ham sadaqadir. Namozga yurib borilgan har bir
qadam ham sadaqadir. Yo‘ldan aziyat beruvchinarsalarni olib tashlash ham sadaqadir»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning Oishadan (r.a.) qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.)
«Odam bolalaridan barcha kishi uch yuz oltmish bo‘g‘im bilan yaratilgan. Kimki Allohni
ulug‘lasa (Allohu akbar, desa), Allohga hamd aytsa (Alhamdulillah, desa), Allohga tahlil
aytsa (La ilaha illalloh, desa), Allohga tasbeh aytsa (Subhonalloh, desa), Allohga istig‘for aytsa (Astag‘firulloh, desa) va kishilarning yo‘lidan tosh yoki tikan yo suyakka o‘xshash
narsalarni olib tashlasa hamda yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarsa, savobi uch
yuz oltmishtaga yetib, ana shu kunda bu kishi do‘zaxdan o‘zini uzoq qilib yuribdi»,
dedilar. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim ertalab va
kechqurun masjidga borsa, Alloh taolo unga jannatda har erta-kech borganda ziyofat
tayyorlab qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ey muslima
ayollar, bir ayol boshqa bir ayolga qo‘yningtuyog‘ini berishlikdagi yaxshilikni ham past
sanamanglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Imonning yetmish nechta yoki oltmish nechta ham (sho‘‘ba) bo‘lagi bordir. Ularning afzali «La ilaha
illalloh»dir. Eng pasti yo‘ldan aziyat beruvchinarsani olib tashlashdir. Hayo ham o‘sha
imon bo‘laklaridan biridir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi.Rasululloh (s.a.v.): «Bir kishi yo‘lda
keta turib, chanqog‘i kuchaydi-da, bir quduqni topib, unga tushib suv ichdi. So‘ngra u
yerdan chiqqanida bir it (chanqaganidan) tilini chiqarib, tuproqqa bag‘rini berib yotardi.
Shunda haligi kishi: «Bu itga ham menga bo‘lgani kabi chanqoqlik yetibdi», deb
quduqqa tushib mahsisiga suv to‘ldirdi-da, uniog‘zida ushlab ko‘tarildi va itni suv ila
sug‘ordi. Alloh bu ishidan minnatdor bo‘lib, uning gunohini kechirdi», dedilar. Sahobalar:
«Ey Allohning rasuli! Bizga hayvonlarda ham savob bormi?» deyishganida, u zot: «Har
bir xo‘l jigarli (tirik jonzot)da savob bordir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Buxoriyning boshqa bir rivoyatlarida esa: «Alloh undan minnatdor bo‘lib, gunohini
kechirib, jannatga kiritdi», deyilgan.
Ikkovlarining yana bir boshqa rivoyatlarida: «Bir it quduq atrofida chanqoqlikdan o‘lar
holatga kelib qolay, deb aylanib yurganida, Bani Isroildan bir fohisha ayol mahsisini
yechdi-da, suv olib, uni sug‘ordi. Shu amali sababli gunohlari kechirildi», deyilgan. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Musulmonlarga
yo‘l o‘rtasida ozor berayotgan daraxtni kesib tashlagan bir kishining jannatda huzur-
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
halovat ila yashayotganini ko‘rdim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Boshqa bir rivoyatda: «Bir kishi yo‘ldan o‘tayotib, o‘rtadagi daraxt shoxini (ko‘rib):
«Allohga qasamki, men buni musulmonlarga aziyat bermasligi uchun chetlashtiraman»,
deganida, u jannatga kiritildi», deyilgan.
Ikkovlarining boshqa bir rivoyatlarida: «Bir kishi keta turib yo‘lda tikonli shoxni ko‘rib,
uni chetga olib qo‘ydi. Alloh undan mamnunbo‘lib, gunohini kechirdi», deyilgan.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim chiroyli
tahorat qilib, so‘ngra juma namoziga borib, (xutbaga) jim turib quloq tutsa, o‘sha juma
bilan keyingi juma orasidagi va bunga uch kun qo‘shib (hammasi bo‘lib, o‘n kun
orasidagi) gunohlari kechiriladi. Kim toshlarni ushlab (o‘ynasa), befoyda (lag‘v) ishni
bajaribdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar musulmon
yoki mo‘min banda tahorat qilib yuzini yuvsa,ko‘zi bilan qilgan barcha xatolari yuzidan
suv bilan yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi. Agar qo‘lini yuvsa, qo‘li orqali qilgan
barcha xatolari qo‘lidan suv bilan yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi. Hattoki,
gunohlardan pokiza holda chiqadi. Agar ikki oyog‘ini yuvsa, oyog‘i bilan qilgan barcha
xatolari suv bilan birga yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi, hattoki u gunohlardan
pokiza holda chiqadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Besh vaqt
oralig‘idagi, jumadan jumagacha, ramazondan ramazongacha bo‘lgan gunohlar, agar
kabirasidan chetlanilsa, kechiriladi», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Xatolarni o‘chirib,
darajalarni ko‘taradigan narsaga dalolat qilaymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha»,
deyishdi. Shunda u zot: «Qiyinchilik paytida tahoratni mukammal qilish va masjidga
qadamni (borishni) ko‘paytirish hamda namozdan keyin namozni kutish. Mana shu
narsalar Alloh yo‘lida jihod kabidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.)rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki
bomdod va asr namozlarini o‘qisa, jannatga kiradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.)rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar
banda kasal yoki musofir bo‘lib (bajarayotgan amallarini qila olmasa), unga muqim va
sog‘lomlik paytida amal qilganidek savob yoziladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har bir yaxshilik
sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Muslim esa mana shu lafzdagi hadisni
Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilganlar.
Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror musulmon kishi
ko‘chat o‘tqazadigan bo‘lsa, undan yeyilsa ham, o‘g‘irlansa ham, kamaytirilsa ham,
egasiga sadaqa bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Boshqa bir rivoyatlarida: «Musulmon kishi ko‘chat o‘tqazsa va undan odamlar,
hayvonlar, qushlar yesa, egasiga Qiyomat kunigacha sadaqa bo‘ladi», deyilgan.
Yana bir boshqa rivoyatlarida: «Musulmon kishi ko‘chat o‘tqazib va biron ekin eksa,
undan odamlar, hayvonlar va biror narsa yesa, egasiga sadaqa bo‘ladi», deyilgan.
Buxoriy va Muslimlar barchasini Anasdan f rivoyat qilishgan.
.Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bani Salama masjid yaqiniga ko‘chishni
xohlashganida, bu xabar Rasululloh (s.a.v.)ga yetib keldi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlar
masjid yaqiniga ko‘chib kelishni xohlayapsizlarmi?» deganlarida, ular: «Ha, ey Allohning
rasuli, biz shuni xohlayapmiz», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «O’z joylaringizni
(qo‘ldan boy bermay) saqlang. Qadamlaringizga (savob) yoziladi. O’z joylaringizni
(qo‘ldan boy bermay) saqlang. Qadamlaringizga (savob) yoziladi», dedilar. Imom
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Har bir qadam uchun daraja bordir», deyilgan.
Imom Buxoriy ham shu ma’nodagi hadisni Anasdan (r.a.) rivoyat qilganlar.
Abu Munzir Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kishi (bu kishining
kimligini bilmayman) masjiddan uzoqroq joyda turardi-da, biror namozni qoldirmas edi.
U kishiga «Agar bir eshak sotib olib, uni qorong‘u zulmatda va qattiq issiq bo‘lganda
minib kelsang bo‘lmaydimi?» deb aytganimda, u kishi: «Manzilim masjid yonida bo‘lishi
meni xursand qilmaydi. Men masjidga borishimdagi va ahlimga qaytishimdagi
qadamlarimga (savob) yozilishini xohlayman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) (buni eshitib):
«Alloh taolo senga bu narsalarning hammasini jamlab berdi», dedil ar ». Imom Muslim
rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Senga umid qilgan savobing (berildi)», deyilgan. Abu Muhammad Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.): «Qirqta xislat bor, ularning eng oliysi — sutinisog‘ib ichish uchun
echkisini bermoqlikdir. Kimki mana shu xislatlardan birortasiga savob umidida va va’da
qilingan narsaga ishongan holda amal qilsa, Alloh taolo jannatga kiritadi», dedilar. Imom
Buxoriy rivoyatlari. Adiy ibn Hotamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xurmoning
yarmini (berib bo‘lsa ham) do‘zaxdan saqlaninglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Imom Buxoriy va Muslimning boshqa rivoyatlarida quyidagicha aytiladi: «Rasululloh
(s.a.v.): «Sizlarning har biringiz bilan Rabbingiz (Qiyomatda) o‘rtaga tarjimon qo‘ymay
so‘zlashadi. U kishi o‘ng tomoniga qaraydi. Bas, qilgan amalidan boshqa narsani
ko‘rmaydi. Chap tomoniga qaraydi. Bas, qilgan amalidan boshqa narsani ko‘rmaydi.
Oldiga qaraydi. Bas, ro‘parasida do‘zaxdan boshqa narsani ko‘rmaydi. Shunday ekan,
xurmoning yarmini (berib
bo‘lsa ham) do‘zaxdan saqlaninglar. Kim buni ham topa olmasa, yaxshi so‘zlarni aytib bo‘lsa ham (do‘zaxdan o‘zini saqlasin)», dedilar».
Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Birorovqatni yeb hamd
aytgan, biror ichimlik ichib hamd aytgan bandasidan Alloh taolo albatta rozi bo‘ladi»,
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Har bir musulmonga
sadaqa (qilish) lozim», deganlarida, «Agar uni topa olmasa-chi?» deb aytishdi.
Rasululloh (s.a.v.): «Qo‘li bilan ishlab topib o‘zi ham foydalanadi va sadaqa ham qiladi»,
dedilar. «Agar bunga ham qodir bo‘lmasa-chi?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.):
«Bechorahol muhtojga yordam bersin», dedilar. «Agar bunga ham qodir bo‘lmasa-chi?»
deyishganida, Rasululloh (s.a.v.): «Yaxshilikka buyursin», dedilar. «Agar buni ham qila
olmasa-chi?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.): «O’monlikdan o‘zini tiysin. Shunday
qilishi ham sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Sho’rchi tumani «Tolli Ota» jome masjidi imom-hatibi X.Rashidov