Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom «Har bir musulmonga ilm-hunar o‘rganish farzdir» deb marhamat qilganlar. Bu hadis hikmatini teran anglagan ota-bobolarimiz hunarmandchilik, dehqonchilik, savdo-sotiq kabi kasblar bilan shug‘ullanib, ro‘zg‘or tebratishgan. Farzandlarini ham ilmu hunar o‘rganib, tadbirli bo‘lishlariga alohida e’tibor berishgan.

Sohibqiron Amir Temur bobomizning «Azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz va loqayd kishidan afzaldir», degan so‘zlari ham yurtimizda tadbirkorning mavqei azaldan yuqori bo‘lganini bildiradi. Buyuk olim Abdurrahmon Jomiy aytadilar:
“Oltin topmaginu o‘rgangin hunar, hunarning oldida xosdir oltin zar”. Dankasalik har vaqt insonni xor qilur – deydilar Abdulla Avloniy bobomiz.

Alloh taolo kalomida shunday marhamat qiladi: «Kechani (barcha narsani yashirib turadigan) libo sqildik. Kunduzni esa, tirikchilik vaqti qildik». (naba surasi 10-11)

Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom bunday deydilar: «Kim tilanchilik qilishdan saqlanib, oilasini boqish va qo‘ni-qo‘shnilariga muruvvat ko‘rsatish maqsadida halol yo‘ldan rizq topishga intilsa, qiyomat kuni Alloh taologa yuzi to‘lin oydek yorug‘ bo‘lib yo‘liqadi».

Demak, kishini halol rizq uchun harakat qilishi ham ibodat hisoblana rekan.

Inson o‘ziga berilgan aql-farosati, zehn-idrokini ishga solib, yaxshi niyatlar bilan kasb-hunar, tadbirkorlik, dehqonchilik qilib, oilasini boqishi, el-yurtga foyda keltirishi zarur. Zero, halol mehnat bilan kishi ulug‘ darajalarga yetadi.

Termiz tumani bosh imom xatibi: Yаhyo Ochilov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here