Hafta davomida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita xodimlaridan iborat ishchi guruh diniy-ma’rifiy sohada belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o’rganish ishlarini olib bordi.
Surxondaryo viloyati miqyosida olib borilgan o’rganishlar natijasiga bag’ishlangan yig’ilish bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi majlislar zalida bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda viloyat hokimligi mas’ullari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakilligi, Imom Termiziy xalqaro ilimy-tadqiqot markazi va Imom Termiziy o’rta maxsus islom bilim yurti xodimlari, tegishli tashkilot va idora mutasaddilari, viloyatdagi imom xatiblar ishtirok etishdi.



Jumladan, imom xatib va noiblarining ish jarayonini tizimli tartibga solish, ijtimoiy tarmoqlarda islom niqobi ostidagi turli firqa va oqimlarga qarshi zaruriy raddiya javoblarini o’z vaqtida aniq va tezkorlik bilan qaytarish, noqulay oilaviy muhiti sababli turli oqimlarga kirib ketayotgan yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kengaytirish, shuningdek, aksil targ‘ibot va targ‘ibot ishlari sodda va xalqchil, ommabop bo’lishi, tushuntirish ishlari tinglovchilarning saviyasi va yoshiga qarab olib borilishi, bu borada esa tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

O’rganishlar davomida Imom Termiziy xalqaro ilimy-tadqiqot markazi va Imom Termiziy o’rta maxsus islom bilim yurtida olib borilayotgan ishlar ham alohida nazorat qilinib, 2021-yil davomida amalga oshirilgan amaliy sa’y harakatlar va qo’lga kiritilgan yutuqlar e’tirof etildi. Shuningdek, ba’zi kamchiliklar sanab o’tilib, 2022-yildagi rejalar asosida zaruriy topshiriqlar berildi.

022/02/IMG_20220205_161141_592.jpg»>

O’zbekistonda musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here