Din—ezgulik manbai. U—tinchlik va osoyishtalikka, xayrli ishlarga, insonni ichki dunyo saodatiga erishtiradigan, yaxshi amallar qilishga chorlaydigan ilohiy ta’limotdir.
Islom dini -—-jahon xalqlari orasida keng tarqalgan dinlardan biri bo’lib, uning asl mazmun — mohiyati ham insonlarga faqat ezgulik ulashishdan iboratdir. Ammo din nomidan ish ko’rayotgan diniy ekstrimistik guruhlar islom dinining yuqoridagi talablariga rioya etishmayapti. Ularning asosiy maqsadi konstitutsion tuzumni ag’darib, xalifalik tuzumini o’rnatishdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun ular dinni «niqob» qilib, aslida islom tarixidan mukammal xabardor bo’lmasdan, bu ta’limotni ko’r-ko’rona o’zlashtirib, atrofdagilarga singdirishga harakat qilishadi. O’z vayronkor g’oyalarini ilgari surish uchun, odamlar hayotiga tahdid va qo’rquv, yurt barqarorligiga xavf solishadi. Bunday guruhlarga dunyoviy va diniy bilimlardan bexabar bo’lgan yoshlar ko’proq qo’shilishmoqda. Ayniqsa, ular orasida ayol-qizlarning borligi achinarli holdir. Dinimizning mazmun- mohiyatini anglab yetmagan ushbu ayollar, terroristik guruhlarning quroliga aylanib qolishmoqda. Alloh taolo bergan omonat — umriga, joniga qasd qilishib, unga xiyonat qilishmoqda. Zero, o’z joniga qasd qilish, urushni targ’ib qilish, bolalarni ota- onasiz qoldirish, xonadonlarni vayron etish kabi buzg’unchi g’oyalar muqaddas islom dinimizda ta’qiqlangan. Shu sababli, islom dinini anglash, uning mohiyatini tushuntirish uchun prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan juda ko’p salmoqli ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, yaqindagina barcha viloyatlarimizda bo’lib o’tgan «Qur’on musobaqasi» bu ezgu ishlaming yaqqol namunasidir. Garchi, oyat va suralar o’qilgan yurtda tinchlik va farovonlik hukm suradi. Bu musobaqada ayol qoriyalar ham faol ishtirok etishdi va o’z salohiyatlarini namoyon qilishdi. Mana shunday amaliy ishlarni ma’muriy idoralar, qishloq va mahalla yig’inlari, mahallaning ziyoli yoshi ulug’lari, ayniqsa, biz pedagoglar bar qachongidan ham faol bo’lib, yoshlarga diniy ekstremizm, fundamentalizm, separatizm va aqidaparastlik g’oyalarining asl maqsadini tushuntirishimiz, loqaydlik va beparvolikning salbiy oqibatlari haqida suhbatlar olib borishimiz zarur.
Kelajagimiz bunyodkorlari bo’lmish — farzandlarimiz ongida «g’oyaviy bo’shliq» paydo bo’lishiga yo’l qo’ymasligimiz, ularning ongini faqat bunyodkor g’oyalar bilan to’ldirishimiz, Vatanga sadoqatli va fidoyi, uni gullab — yashnashiga xizmat qiladigan barlcamol yoshlar etib tarbiyalashimiz lozim. Bugungi kunda xalq ta’limi muassasalarida «Biz diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshimiz!» shiori ostida turli tadbirlar, davra suhbatlari va targ’ibot ishlari bo’lib o’tmoqda. Bu tashkiliy ishlar farzandlarimizni yot va g’arazli g’oyalarga qarshi kurashishda, qalbi va ongida «mafkuraviy immuniteti»ni kuchaytirishimizga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, xurmatli birihchi prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat —yengilmas kuch» asarida hayotiy bir haqiqat haqida shunday aytiladi: «Agar biz ahil bo’lsak, el — yurt manfaati yo’lida bir tan — u bir jon bo’lib yashasak, o’zimizdan sotqin chiqmasa, o’zbeл xalqini hech kim, hech qachon yenga olmaydi».
Termiz tumani bosh imom-xatibi Abdullaev Rasuljon