Dinimizda ibodatlar orasida zikrning ahamiyati kattadir. Alloh taolo o’zining muborak kalomida » Ey iymon keltirganlar! Allohni ko’p zikr qilinglar . Va ertayu kech Uni poklab yod etinglar», deb marhamat qilgan. Zikr lug’atda eslash biron narsani yodga olish deganidir. Istelohda esa Banda Alloh taoloni yodga olishi tushuniladi. Anas ibn Molik (r.a) Payg’ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qiladilar: Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Allohni zikr qilish imonning alomati va nifoqdan ozod bo’lish , shaytondan qo’rg’on va do’zaxdan to’suvchidir.» deya marhamat qilganlar.
Yana: tong otishi munosabati bilan qilinadigan zikrlardan biri hadisi sharifda keladi. «Kim tong otganda » Roziyna billahi robban vabil islami diynan vabimuhammadin sollallohu alayhi vasallama nabiyyan varosuvla» ( manosi: Allohni Robb deb Islomni din deb va Muhammad sallollohu alayhi vasallamni nabiy va rasul deb rozi boldik) deya chin dildan aytsa, Allohga o’sha bandani rozi qilish vojib bo’ladi. Ya’ni Allohga iymon keltirganini U Zotni Robb tarbiya kunanda Zot ekaniga yaratgan o’stirgan va tutib turgan . Ya’ni doim meni qamrab turibdi deya rozi bo’ldim. Islomni din deb ya’ni islomni hayot tarzi deb bu dunyodagi ko’rsatmalar manbasi deb ta’limotlar markazi deb tan oldim. Muhammad sollallohu alayhi vasallamni rasul Allohning elchisi meni o’rnagim shafoatchim payg’ambarim va u kishini butun barkamol sifatlari bilan qo’shib rasul deb tan oldim. Demak shu banda o’zini roziligini tong chog’i e’lon qilsa endi Alloh taolo u bandani rozi qilishi vojib bo’lar ekan, banda tilagiga yetar ekan, Alloh unga yordamchi bo’lar ekan.
Qani endi o’ylab ko’raylikchi dunyoda shunaqa gap qaysi xalqda bor, boshqa xalqlarda yo’q azizlar. Faqat bizda bor sizda bor. Bu zikrni duosi ham mukofoti ham musulmon millatida musulmon ummatida musulmon shaxsda bor. Yana Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:. «Har bir narsaning sayqali bor qalbning sayqali Allohni zikr qilishdir». deya marhamat qildilar.
Alloh taolo barchalarimizni O’zining zikri ila qalblari orom oluvchi, zokir bandalar qatorida bo’lishimizga muvaffaq etsin. Amin.
Oltinsoy tuman «Qorliq» jome masjid imom xatibi. H. Turdiyev