…“Fotiha” surasini qiroat bilan besh marotaba o‘qishimiz mumkin (“Fotiha”ni bir marta o‘qiganga 1400 savob berilishini hisobga olsak, besh marta o‘qib 7000 savobga ega bo‘lamiz).

…o‘n marta “Ixlos” surasini o‘qisa bo‘ladi (Bu surani uch marta o‘qish Qur’onni bir marta xatm qilishga teng. Demak, kuniga bir daqiqamizni “Ixlos” o‘qishga ajratsak, oyiga 300, yiliga 3600 marta “Ixlos” o‘qigan bo‘lamiz. Bu esa, 1200 marta Qur’onni xatm qilish degani).

…Qur’oni karimdan bir sahifa o‘qish mumkin.

…qisqaroq bitta hadis, qisqa oyat yodlab olish imkoni bor.

…30 marta tavhid kalimasini aytsak bo‘ladi.

…100 marotaba “Subhanallohi va bihamdihi”ni takrorlash mumkin (ushbu zikrni muntazam aytib yurgan kishining gunohlari dengiz ko‘pigichalik bo‘lsa-da, kechirib yuboriladi).

…40 marta “La havla va la quvvata”ni aytish mumkin (mazkur zikrni qancha ko‘p aytsak, jannatga kirish imkoniga shunchalik yaqin kelamiz).

…60 marta “Astag‘firulloh al-azim”ni qaytarsa bo‘ladi (bu zikr ortidan Rabbimizning afviga umid qilishimiz mumkin).

…25 marotaba salavot aytish imkoni bor (Bir marta salavot keltirishda 250 savob  mavjud. Ko‘p salavot aytish orqali Rasululloh (s.a.v.)ning shafoatlariga noil bo‘lishimiz mumkin).

Sherobod tumani bosh imom xatibi U. Bo’ronov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here