Bir kishi to‘rt nafar faqirga: «Mana bunga xohlasangizni sotib oling», deb pul berdi.
Ulardan biri fors edi. O‘z tilida: «Bu pulga «angur» sotib olaylik», dedi.
Ikkinchisi arab edi, u: «Bunga «inab» olamiz, juda yegim bor», dedi.
Turk: «Men angur, inab xohlamayman. Yaxshisi, uzum olaylik», dedi.
Rumlik esa: «Tortishishni bas qiling, bu pulga «istafil» olamiz», dedi.
Bir-birlari bilan tortishib, urishib ketishdi. Nihoyat, turli tillarni biladigan kishi kelib, ularni ajratdi. Har birini tingladi. So‘ng pulga uzum xarid qilib: «Siz istayotgan narsa mana shu emasmidi?», deb so‘radi.
Ular bir ovozda: «Ha, shu-shu!», deyishdi.

Johilliklari sabab istaklari bir ekanini ajrata olishmadi.
Ming afsuski, bu kabi o‘rinsiz tafriqa va janjallar hali hamon barham topgani yo‘q. To bir-birimizni anglamagunimizcha, yechim topmaydi.
                                                           Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

Sh. Anvarov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here