Jabroil alayhissalom Payg‘ambarga ilk vahiy olib kelganidayoq Islom ilm dini ekani ayon bo‘ldi. Chunki u olib kelgan ilk kalom Alaq surasining besh oyati edi:
(Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan Zot bo‘lmish Robbingiz nomi bilan o‘qing! U insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Robbingiz esa karamli Zotdir. U insonga qalam bilan (yozishni) o‘rgatgan Zotdir. U insonga bilmagan narsalarini o‘rgatdi», (Alaq surasi)
Ilk da’vatdayoq ushbu oyatlarning nozil qilinishi hayron qoladigan mo‘jizadir.

Islom dini ta’limotlarida ilm ma’rifatga yuksak e’tibor qaratilgani barchamizga ma’lum haqiqatdir. Qur’oni karimda «ilm» so’zi turli ko’rinishlarda 95 marta «ilm berilganlar» «ilmda mustahkam bo‘lganlar» so‘zlari 10 marta zikr qilingan. Bu holat inson hayotida bilimning naqadar ahamiyatli ekanini, Islom ilmu ma‘rifat dini ekanini isbotlaydi. Inson ilmga intiliahiga mukofot o‘laroq avvalo o‘zligini anglaydi. Kim o‘zini tanisa, Parvardigorini ham taniydi. Alloh taolo ilmni Qiyomatgacha bandalar uchun ma’rifat manbai, haqiqatni topish, ikki dunyo saodatiga erishish vositasi qildi.
Dinimizda ilmni diniy va dunyoviyga ajratilmaydi. Modomiki insonning dunyosi yoki oxiratiga foydali bilimlar bo‘lsa, ularning hammasi maqtaladi, o‘rganishga targ‘ib qilinadi. Faqat sehr kabi insoniyatga zarar yetkazadigan, odamlarni halokatga olib boradigan bilimlar bo‘lmasligi kerak.

Hadisi shariflarda biror ilm sohasiga urg‘u berilgan bo‘lsa, alohida ajratib ko‘rsatilgan. Masalan, siniy bilimlar sohibi bo‘lishining fazilatlari haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:
«Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi» ( Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). Yana bir hadislarida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar.
«Olimlar Payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor ham dirham ham meros qoldirmaganlar, balki ilmni meros qilib qoldirganlar» ( Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari).

Endi oralarimizda kim Payg‘ambarlarni merosxo‘rlari bo‘lmoqchi merosga ega chiqmoqchi bo‘lsa ilm yo‘lida jiddu-jahd qilmog‘i lozim bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan ko‘plab hadisi shariflarda ham ilmga targ‘ib etilib, ilm egalari madh etilgan. Jumladan bir hadislarida:
«Kim ilm talab qilayotgan vaqtida ajali yetib qolsa, Alloh taoloning huzurida u bilan payg‘ambarlar o‘rtasini faqat payg‘ambarlik darajasigina ajratib turadi» deb marhamat qilganlar. (Imom Tabaroniy rivoyati).
Ilm yo‘lida pok niyat va ixlos bilan harakat qilish bandaga jannat yo‘lini oson qiladi. Hadisi shunday deyiladi.

«Kim ilm izlab yo‘lga chiqsa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi»
(Imom Muslim rivoyatlari).
Oltinsoy tuman «Qorliq» jome masjid imom xatibi Hamidulloh Turdiyev.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here