2021YIL YAKUNLARI BO’YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR BO’YICHA XISOBOT.

Yig’ilishda avvalo Muqaddas Qur’on tilovati qilinib o’tganlar haqqiga savobini bag’shida qilindi. Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi Aliakbar Sayfidinov so’zga chiqib 2021 yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisobi haqida so’z yuritilib, erishilgan yutuqlar va bartaraf etilishi kerak bo’lgan kamchiliklar ta’kidlab o’tildi.

Jumladan, imom-xatib va noiblarining ish jarayonini tizimli tartibga solish, ijtimoiy tarmoqlarda islom niqobi ostidagi turli firqa va oqimlarga qarshi zaruriy raddiya javoblarini o’z vaqtida aniq va tezkorlik bilan qaytarish, noqulay oilaviy muhiti sababli turli oqimlarga kirib ketayotgan yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kengaytirish, shuningdek, aksil targ‘ibot va targ‘ibot ishlari sodda va xalqchil, ommabop bo’lishi, tushuntirish ishlari tinglovchilarning saviyasi va yoshiga qarab olib borilishi, bu borada esa tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Сурхондарё вилояти вакиллиги матбуот хизмати

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here