Dinimiz haqiqiy ma’noda insonparvar va rahm shavqat dinidir. Alloh taolo bandalariga mehribon, ulardan sodir bo’lgan xato va kamchiliklarni kechirishga doim tayyor. Shuning uchun Alloh taolo bandalari bilib bilmay xatoga yo’l qo’yganlarida ularni tavba qilishga chaqirdi.

» Barchangiz Allohga tavba qilingiz, ey, mo’minlar! Shoyad (shunda ) najot topsangiz » ( Nur surasi, 31-oyat )

Azizlar biz o’z nomimiz bilan insonmiz bilib bilmay xato kamchiliklarga yo’l qo’yamiz, banda doimo Alloh taologa gunohlarini kechirishini so’rab tavba qilmog’i lozim bo’ladi.

Payg’ambarimiz s.a.v marhamat qilib deydilar. » Tavba qiluvchi kishi Allohning suygan qulidir. Gunohdan tavba qilar ekan, go’yo u gunohi yo’q kishi kabidir» (Ibni Mojja rivoyati) deya marhamat qilganlar.
Hasan Basriydan rivoyat qilinadi: «Odam a.s Alloh taologa tavba qilgach, farishtalar bunda mamnun bo’lishdi. Jibril a.s va Mikoil a.s Odam a.s oldiga tushib deyishdi: — Ey Odam, Alloh bergan, ko’zlaringni quvontirgan bu tavba senga muborak bo’lsin! «
Odam a.s so’radilar: -Ey Jibril bu tavbadan so’ng mening maqomim qayerda bo’ladi?
Alloh taolo unga vahiy qildi:
-Ey Odam! Mashaqqat va azob-uqubatni zurriyotinga meros qildim, ularga tavbani meros qildim. Kimki menga duo qilsa, huddi senga javob berganimdek, uning duosiga ham javob beraman. Kimki mendan mag’firat tilasa, unga baxillik qilmayman. Ey Odam, Men duogo’yga eng yaqin va duolarini ijobat qilguvchi Zotdirman. Tavba qiluvchilarni xushnud va jilmaygan hollarida qabrlardan chiqarib, mahshargohda to’playman, ularning duolari mustajobdir.» Deya marhamat qildi.

Otamiz Odam a.s tavbaga muhtoj bo’lgan ekanlar, endi kim ham «tavbadan xoliman» deya oladi? Otaning xilqati sig’dirolmagan narsani farzandning xilqati qanday sig’dirsin?! Inson zoti begunoh emas ekan, demak, unga har bir holatda tavba qilish vojibdir.

Ha, inson qalbi g’aflatga moyil. Oxiratni eslash, bu tuyg’uga yaqin borish unga begona. Ba’zida o’lim va o’limga hozirlik ko’rish haqidagi o’ylar xotiraga keladi. Lekin inson o’sha zahoti bu o’ylarni hayolidan quvib: hali sen yoshsan, oldingda qancha kunlar bor, tavbaga ulgurasan, deydi., o’ziga o’zi. Vaqt o’tib, yoshi ulg’aygach, aytadi: ayni kuchga to’lgan payting, qarib, keksayguncha sabr qil, keyin tavba qilarsan. Qarib cholga aylangach, tavbani kechiktirishga sabab bo’luvchi bahonalar yana ko’payadi. Tavbani kechiktiruvchi sho’rlik inson bugun tavbani orqaga surishga undayotgan sabab, ertaga uni o’lim bilan birga yo’liqtirishini anglamaydi.

Alloh taolo barchamizga haqiqiy tavba qilishni nasib aylab, bizga O’z rahmati bilan muomala qilsin! Nomai a’mallarimizni o’ng tamonimizdan berib, ikki dunyoda yuzimizni yorug’ qilsin! Amin!

Oltinsoy tuman «Qorliq» jome
masjid imom xatibi H. Turdiyev

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here