Makkadan kelishda Xabbor ibn Asvad boshliq bir tudaning hujumiga uchragan hazrati Zaynab r. a. u paytda yukli bo’lib bu hujum qornidagi bolasining tushishiga sabab bo’lgan edi. Zurg’a Madinaga yetib kelib u yerda osoyishta yashay boshladi, ammo baribir sihhati tuzalib ketmadi .Usha hujumdan beri qon to’xtamadi. Kundan -kun yuzlari sulib borardi. Bu chexraga har termulganlarida rasuli Kibryoning shavqat va marhamat tula yuraklari ta’rif etilmas qayg’uga tulib toshar edi. Nihoyat sakkizinchi yilning ilk oylarida hazrsti Zaynab olamlarga rahmat bo’lgan otasini tashlab ketdi. Ortidan Alloh yaratgan eng qiymatli ko’zlar yosh to’kib qoldi.
Hazrati Zaynabni yuvish vazifasi mo’minlarning onalari Ummu Salama bilan Savda onamizga topshirildi , madinalik boshqa ayollar ham yordamlashdilar . Rasululloh aytganlaridik qilib yuvishdilar. Keyin rasulullohga ey Allohning payg’ambari yuvib bo’ldik deb habar berishdi.
Janobimiz bellariga o’ralgan matoni chuvatib uzatdilar , yuzlari qayg’uli edi — buni unga kafan qilinglar dedilar. Ovozlari yuzlaridagi qayg’uga esh bo’lar darajada g’amgin. Bular bari yuraklarni to’ldirgan so’ngsiz shafqat va marhamatning ,chekayotganlari g’am va alamning bir ifodasi edi.
Oxirgi marta uyidan chiqishga… chiqarishga xozirlangan muborak jasadni nihoyat erkaklar yelkalariga olib yo’nalisharkan , orqada chuqur g’am -qayg’uga to’lib-toshgan yuraklar, sel kabi yosh to’kayotgan ko’zlar qoldi . Yo’llarni mo’minlar bilan birga bu ko’mish marosimiga qat-qat farishtalar ham qatnashayotgan edi.
Janoza namozini turt takbir olib Rasulullohning o’zlari o’qib berdilar . So’ngra Zaynab o’ziga eng samimiy sevgi va hurmat iplarila bog’liq bo’lgan insonlarning yelkalarida Baqiy qabristoniga kirib keldi . Bu yo’lning oxiri jannat bog’chalri bo’lajak. Qabrga Rasululloh s a v o’zlari tushdilar . Qizlarining vafoti xabarini olgan paytdan g’am qayg’uga botgan muborak yuzlari hali ham o’shanday qayg’uli edi. Bir necha daqiqadan keyin sevikli qizlari tuproq ostida qoladi , endi uni dunyo hayotida hech ko’rmaydilar. Qabr ichida sayyidul anbiyo s a v jim turardilar . Ba’zilar Rasulullohning muborak yuzlaridan qayg’u ketib , o’rnini mamnuniyat egallaganini ilg’ashdi . Ajabo qizlarinini tuproqqa berish onida Janobimiz tuygan mamnuniyatning ma’nosi nima bo’lishi mumkin ?. Ko’zlarda ham , ko’ngillarda ham shu savol edi . Ammo hech kim bu savolni so’ramadi. Chunki payti emasdi . Bir muddat o’tib nabilar sarvari janobimiz o’zlari bunday marhamat qildilar .
-Zaynabning zaifligini o’yladim. Qabr azobini yengillatishini Egamdan so’radim U qabul etdi. Tepadan uzatilgan muborak jasadni Ulug’ mavlo huzuriga yo’nalgan mag’firat duolari eshligida tushirishdi.
Mehribon otasi o’ttiz yoshda ekanligida tug’ilgan Zaynab ilk iymon keltirganlardan edi. O’ttiz bir yoshida vafot etdi. Tarix sakkizinchi hijriy yilning ilk oylari edi. Umrining olti yilga yaqin qismini Madinada kechirdi.
Baqi’ guristononing bugungi darvozasidan to’g’riga qarab yigirma -o’ttiz odim narida uch qabr bor ,oldinroq vafot etgan hazrati Ruqiya hamda oz vaqtdan keyinroq ortidan borajak Ummu Gulsum singillari bilan yon -yon bu qabrlar to qiyomatgacha nur ila yorug’ bulajak .
Ulug’ Mavloning bitmas -tuganmas xazinasidan yomg’ir kabi u yerga rahmatlar yog’ilajak.
Allohim mana shu yuz yillardan berisidan ko’ngillarini bog’laganlar ham sendan rahmatingni tilab qoladi.
Bahromov Jo’raxon . Eshmat o’g’li Muminbobo jome’ masjidi imom xatibi.