Bismillaxir Rohmanir Rohim
Assalomu aleykum aziz yurtdoshlar mo’min va mo’mina muslim va muslimalar xurmat va etiborga loyiq bo’lgan aziz ota va onalar.
Oilada asosan ota va onalar so’zlari juda katta muxim sanaladi.
(Balaul insani minal lisani) yani kim ( Insonning balosi tilidan ) shul bois xar bir so’zni o’z o’rnida ishlatish lozim, aytilgan so’z otilgan o’q kabidir.
Afsus va nadomatlar bo’lsinki xozirgi kunda ayollarimiz bazida xatto erkaklarimiz ham o’z farzandlariga qo’pol qilib aytganda yomon qarg’ish so’zlarni ishlatish odat tusiga kirib bormoqda bunday so’zlarning barchasi yomon niyatli so’zlar jumlasiga kiradi xatto duvoyibad xam deyish mumkin agarda bunday so’zlar farzandlarimiz xayoti davomida juda ko’p ishlatilsayu ushbu yomon niyat yoki yomon qarg’ish duolarimiz mustajab bo’lsa unda farzandlarimizni kelajagi qanday balolarga giriftor qilishimiz mumkin naxotki ularni to’qqiz oy qornimizda ko’tarib yurib avaylab asrab o’stirib boshqalardan ximoya qilib o’zimiz bilmagan xolda yomonlik qilib qo’yishimiz mumkinligi xaqida biroz o’ylab mushoxida qilib ko’raylik .SHul bois janobi xaq o’z kitobi quroni karimda furqon surasi -74 oyatida marxamat qiladi
Bismillaxir roxmanir roxim
Vallazina yaquluna robbana hablana min azvajina va zurriyatina qurrota a’yun vaja’lna lil muttaqina imama.
Yani shunday kishilar aytadilar Ey Robbimiz bizga halol juftlarimizdan va zurriyotimizdan
ko’zimiz quvonadigan narsa hadiya et hamda bizlarni taqvodorlarga yo’l boshchi qil deydiganlardir.
Demak biz farzandlarimiz kelajagiga masuldirmiz, shul bois ular uchun ciiroyli so’zlar bilan duoda bo’lishimiz lozim,hech bo’lmaganda agar koyish kerak bo’lsa o’tmishga nazar solsak. Ota-onalarimiz farzandlarini haqorat yoki koyiganda yaxshi foydali so’zlardan foydalanganlar, yani masalan:
Qadimda
Uying bug’doyga to’lgur
Hozirda
Uying kuygir
Qadimda
Boshing omon bo’gir
Hozirda
Qirilib ketgir
Qadimda
Bebalo yurgin
Hozirda
Baloga yo’liqgir
Qadimda
Umringdan baraka topgur
Hozirda
Yashshamagur
kabi so’zlardir agar etibor berilsa yaxshi so’z ham yomon so’z ham bitta ogizdan chiqadi muxtaram birodarlar bu sinovli dunyoda bir birlarimizga mexirli va raximdil bo’laylik.
Qumqo’rg’on tumani «Islom ota» jome masjidi imom xatibi O.Choriev