Hindlar filni qorong‘u bir og‘ilga qamadilar. Umrida fil ko‘rmagan xalq o‘sha yerga
to‘plandi. Filni ko‘rmoqchi edi ular. Lekin og‘il shu qadar qorong‘u ediki, ko‘z bilan
ko‘rishning aslo imkoni yo‘q edi. Ichkariga kirganlar filni qo‘llari bilan paypaslab ko‘rar,
uni har kim o‘zicha ta’rif etar edi.
Bittasi filning xartumini ushlab: «Fil bir quvur ekan», derdi. Yana boshqasi filning
qulog‘idan tutib: «Fil yelpig‘ichga o‘xshar ekan», deya tushuntirdi. Boshqasi filning
oyog‘ini tutib filni faqat oyoqdan iborat deb bilar va: «Fil bahaybat bir ustunga o‘xshar
ekan», deya oshirib toshirib tushuntirardi.
Yana bir odam filning sirtini silab ko‘rdi va: «Fil taxtga o‘xshar ekan», deb uni
ta’rifladi. Kimki filning qaerini silagan bo‘lsa, hayvonni shunga ko‘ra ta’riflar, lekin hech
birining ta’rifi boshqasinikiga o‘xshamasdi. Birovi «dol» derdi, boshqasi «alif». Agar
qo‘llarida sham, oddilarida biror yo‘lboshlovchi bo‘lganida, qorong‘u bo‘lsa ham filni aniq
ko‘rishar, qanday hayvon ekanini osongina bilib olgan bo‘lardi.
Tuyg‘u ko‘zi ba’zan hovuchga, ba’zan ko‘pikka o‘xshaydi. Hovuchga butun bir filni
sig‘dirib bo‘lmaydiku!
Ahmedov Muzaffar