Kasallikdan shifo istab o‘qiladigan duo 

Biror kasallikka yo‘liqqan kishi, bu kasallikdan xalos bo‘lishi uchun hech vaqt o‘tkazmay, mutaxassis shifokorlarga murojaat qilishi, uning tavsiyalariga amal qilib, ayni paytda duodan ham foydalanmog‘i lozim. Bu duolarni bemorning o‘zi o‘qishi yoki birov unga o‘qishi mumkin.

Tahoratli holda avvalo Fotiha surasi, so‘ngra Qur’oni karimdan shifo oyatlari o‘qiladi.

Bismillahir rohmanir rohiym. Va yashfi suduro qovmin mu’miniyna va yuzhib g‘oyzo qulubihim.

«Alloh mo‘minlar qavmi siynalariga shifo beradi va dillaridagi alamni ketkazadi» (Tavba, 14-15).

Ya ayyuhan-nasu qod jaatkum mav’izotun min Robbikum va shifaun lima fis-suduri va hudan va rohmatan lil-mu’miniyn.

«Ey odamlar! Sizlarga Robbingizdan va’z (nasihat), dillardagi narsa (shirk illati)ga shifo va mo‘minlarga hidoyat va rahmat keldi» (Yunus, 57).

Va nunazzilu minal Qur’ani ma huva shifaun va rohmatun lil-muminiyn.

«(Biz) Qur’onda(n) mo‘‘minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan (oyat)larni nozil qilurmiz» (Al-Isro, 82).

Qul huva lil-laziyna amanu hudan va shifaun

«Ayting: «(Ushbu Qur’on) imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va shifodir».

Bu oyatlar o‘qilgach, bunday duo etiladi: «Allohumma Robban-nasi azhibil-basa, ishfi Antash-shafiy la shifaa illa shifauka, shifaan la yug‘odiru saqoman».

«Allohim, ey insonlarning Rabbi, kasallikni mahv etuvchi! Ortda kasallikni qoldirmaydigan shifo ber. Shifo berguvchi faqat O‘zingsan. Sendan o‘zga shifo berguvchi yo‘qdir» (Abu Dovud. «Janoiz», 3107-hadis).

Allohumma ishfi ‘abdaka yankalaka ‘aduvvan av yamshi laka ila solatin.

«Allohim, shu bandangga shifo berginki, Sening bir dushmaningga ziyon yetkazsin yoxud Sening rizoligingga erishmoq uchun namoz o‘qishga yurib borsin».

Bismillahi arqika min kulli shayin yuzika min sharri kulli nafsin av ‘aynu hasidiyn. Allohumma yashfiyka, bismillahi arqika.

«Senga iztirob beruvchi hamma narsadan, har hasadgo‘y nafsdan yoxud ko‘zdan Allohning nomi ila senga shifo so‘rayman. Alloh nomi ila senga shifo so‘rayman» (Termiziy. «Janoiz», 972-hadis). 

Nikoh kechasida o‘qiladigan duo 

Ikki rakat namoz o‘qib, Allohdan mas’ud bo‘lishlarini so‘rab, duo qilgach, «Bismillah…» aytib «Robbana hablana min azvajina va zurriyyatina qurrota a’yunin vaj’alna lil-muttaqiyna imama».

«Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko‘z quvonchini baxsh et va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin» (Furqon surasi, 74-oyat) oyatini o‘qib, zavjasi bilan birga bo‘lishdan oldin «Bismillahir roh-manir rohiym. Allohumma jannibnash-shaytona va jannibish-shaytona ma rozaqtana».

«Allohim, shaytonni bizdan va bizga ato etganing farzanddan uzoqlashtir» (Buxoriy. «Nikoh», 66) duosini o‘qiydi. 

Homilador ayol o‘qiydigan duo 

Homilador ayol tibbiy muolajalardan o‘tish bilan birga diniy vazifalarni ado etishi va fursat topishi bilan «Oyatal kursi» va «Sharh» surasini, so‘ng ushbu duoni o‘qishi maqbuldir:

«Allohumma a’tina sihhatan va ‘afiyatan va avladan solihan va rizqon vasi’an va du’aan maqbulan».

«Allohim, bizga sog‘liq va ofiyat ber. Xayrli farzandlar ehson et. Mo‘l rizq ber, duoimni qabul ayla». 

Ko‘z yorarda o‘qiladigan duo 

Bunday paytda ayolning yaqinlari uning yonida yoxud qo‘shni xonada «Oyatal kursi»ni, so‘ngra A’rof surasining 54-oyatini o‘qishadi:

«Inna robbakumullaziy xolaqos-samavati val-arzo fiy sittati ayyamin summas-tava ‘alal-’arshi, yug‘shil-laylan-naharo yatlubuhu hasisan vash-shamsa val-qomaro van-nujuma musaxxorotin bi amrih, ala lahul-xolqu val-amru tabarokallohu Robbul-’alamiyn».

«Darhaqiqat, Rabbingiz osmonlaru Yerni olti kunda yaratgan, so‘ngra Arshga istivo qilgan, kunduzga tunni qoplatadigan-uni (ya’ni, tun-kunni) shitob quviydi – quyosh oy, yulduzlarni O‘z amriga musaxxar (mute) qilib qo‘ygan Allohdir. Ogoh bo‘lingizki, yaratish va buyurish Unga xosdir. Olamlarning rabbi Alloh barakotlidir».

Bu oyatdan keyin Ixlos, Falaq, Nas suralari va Fotiha o‘qiladi. Xayrli bir farzand berilishi uchun duo qilinadi.

Solih farzandning duosi

Islomiy tarbiya ko‘rgan inson ota-onasi keksayganda, ularni xorlamaydi, dillarini ranjitmaydi. Ularning haqlariga bunday duo qiladi:

Robbir-xamhuma kama robbayaniy sog‘iyro.

«Parvardigoro, ota-onamga marhamat et, ular meni marhamat-la voyaga yetkazganlari kabi» (Tahrim, 8). 

Masjidga kirayotganda… 

Allohumma-aftah li abvaba rohmatik.

«Allohim, menga rahmat eshiklaringni och».

 Masjiddan chiqayotganda… 

Allohumma inni asaluka min-fazlik.

“Allohim, Sening fazling va karamingni so‘rayman”. 

Qabr ziyoratida o‘qiladigan duo 

Assalamu ‘alaykum ya ahlal-qubur. Yag‘firullohu lana va lakum, antum salafuna va nahnu bil-isri.

«Assalomu alaykum, ey qabr ahli. Alloh bizni va sizlarni mag‘firat etsin. Sizlar bizdan oldin kelganlardansiz, biz ham sizlarning orqalaringizdan kelamiz».

Hojatxonaga kirishdan oldin… 

Allohumma inniy a’uzu bika minar-rijsil-xobisil-muxbisi minash-shaytonir-rojiym.

«Allohim, iflos va yomon narsalar bilan quvilgan shaytonning yomonligidan Sening panohingga qochaman». 

Hojatxonadan chiqqanda… 

Alhamdulillahillaziy azhaba anniy ma-yu’zini va amsa-ka ‘alayya ma yanfauniy subhanaka g‘ufronaka robbana va ilaykal-masiyr.

«Mendan aziyat beruvchi narsani ketkazib, foydalisini qoldirgan Allohga hamd bo‘lsin. Allohim, Seni nomingni poklab yod etaman va mag‘firatingni so‘rayman. Ey Robbimiz, qaytishimiz Sengadir». 

Uydan chiqayotganda… 

Bismillahi tavakaltu ‘alallohi, va la havla va la quvvata illa billah.

«Alloh nomi ila, Allohga tavakkal qilgan holda… Kuch va quvvat faqat Allohdandir» (Abu Dovud. «Adab», 5094-hadis).

Uyga kirayotganda… 

Allohumma inniy asaluka xoyrol-mavlaji va xoyrol-maxroji bismillahi va lijna va bismillahi xorojna va ‘alallohi Robbana tavakkalna.

«Allohim, Sendan kirayotganim va chiqayotganim joylarning yaxshisini so‘rayman. Allohning nomi ila kirdik. Allohning nomi ila chiqdik. Robbimiz Allohga tavakkul etdik». 

Uyquda qo‘rqqan kishining duosi

A’uzu bi-kalimatillahit-taammati min-g‘ozabihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish-shayatiyni va an yaxzurun.

«Allohning g‘azabidan, qullarining yomonligidan, shaytonlarning har turli yomonligidan Allohning barcha kalimalariga yukinaman» (Abu Dovud. «Tib», 3893-hadis).

Dasturxon duosi

Alhamdulillahillaziy at’amana va saqona vaja’alana minal-muslimiyn.

«Bizni yedirib-ichirgan va musulmonlardan qilgan Allohga hamd bo‘lsin».

Farzand tilash duosi

Robbi la tazarni fardav va anta xoyrul varisiyn.

«Parvardigorim! Meni (vorissiz) yolg‘iz qoldirma. (Agar voris bermasang ham) Sening O‘zing vorislarning eng yaxshisisan» (Anbiyo, 89).

G‘azablanganda o‘qiladigan duo

Allohummag‘fir liy zanbiy va azhab g‘oyzo qolbiy va ajirniy minash-shaytonir-rojiym.

Allohim, gunohlarimni kechir, qalbimning hiddatini (g‘azabini, alangasini) ketkaz va meni shaytonning yomonligidan asra.

Shunda ham g‘azab ketmasa, imkon topilsa, tahorat olib ikki rakat namoz o‘qish, «Alam nashroh laka…» surasini tilovat qilish va yuqoridagi duoni takrorlash lozim.

Uy sotib olib, joylashgach o‘qiladigan duo

Tahorat olib ikki rakat namoz o‘qiladi va: «Alhamdulillahi robbil ‘alamiyn. Vas-solatu vas-salamu ‘ala ra-sulina Muhammadin va ‘ala alihi va sahbihi ajma’iyn. A’uzu billahi minash-shaytonir-rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym. La in shakartum la aziydannakum va lain kafartum inna azabiy lashadiyd», degach, quyidagicha duo qilinadi:

Allohim, menga oilam bilan birga yashaladigan bir maskan nasib etding, Senga shukrlar bo‘lsin. Meni va oilamni bu uyda mas’ud va baxtiyor ayla. Bizni har turli balo-qazolardan, falokatlardan saqla. Allohim, biz ojiz bandalarmiz. Bu uy gunohlar emas, balki faqat xayrli va go‘zal ishlar haqida gapiriladigan va ezgu amallar bajariladigan joy bo‘lsin. Rabbim, qo‘shnilarimga aziyat yetkazishdan meni asra. Yaxshi qo‘shnilar nasib et. Allohim, Senga hamdu sano, suyukli Payg‘ambaringga salotu salomlar bo‘lsin.

Ko‘z tegishga qarshi o‘qiladigan duo

Ko‘z tegishiga qarshi Fotiha surasi va «Oyatal kursi»dan so‘ng ushbu oyatlar o‘qiladi:

Bismillahir rohmanir rohiym. Va in yakadullaziyna kafaru layuzliqunaka bi absorihim lamma sami’uzzikro va yaquluna innahu lamajnun. Va ma huva illa zikrul-lil-’alamiyn.

«Albatta, kofir kimsalar Zikrni (Qur’onni) eshitgan vaqtlarida, Sizni ko‘zlari bilan yiqitayozurlar va «albatta, u majnun», derlar. Holbuki, u (Qur’on barcha) olamlar uchun eslatmadir» (Qalam,51–52).

Sadaqa berayotganda…

Robbana taqobbal minna innaka antas-sami’ul ‘aliym.

«Ey Robbimiz, bizdan uni qabul ayla, chunki Sen eshitguvchi va bilguvchisan».

Aksirgan kishiga aytiladigan duo

Aksirgan kishi, yonida biror odam bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham, «Alhamdulillah» deydi. Janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aksirgan kishiga yonidagilarning «Yarhamukalloh» (Alloh senga rahmat etsin) deyishini tavsiya qilganlar. Aksa urgan kishi esa «Yarhamukallohu va iyyakum va yag‘firu lana va lakum» (Alloh bizga ham, sizga ham rahmat aylasin, bizni ham, sizni ham afu etsin) yoxud «Yahdina va yahdiykumulloh» (Alloh bizni ham, sizni ham hidoyatga boshlasin) deydi.

Hilol (yangi oy) ko‘ringanida…

Talha ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yangi oyni ko‘rganlarida bunday duoni o‘qiganlar: Allohumma ahillahu ‘alayna bil-yumni val-iymani vas-salamati val-islam, robbiy va robbukalloh.

Allohim, bu oyni bizga qutlug‘ va barakotli bir oy ayla. Imon, salomat va Islom-la liq to‘lib bezangan kechalarda chiqsin. Ey hilol! Sening ham, mening ham Rabbimiz Allohdir (Termiziy. «Da’vat», 3677-hadis).

Ulovga minilayotganda o‘qiladigan duo

«Oyatal kursi» o‘qilgach, «Subhanallaziy saxxoro lana haza va ma kunna lahu muqriniyn. Va inna ila robbina lamun-qolibun. Bismillahi majroha va mursoha. Inna robbiy la G‘ofurur-Rohiym» deyiladi.

Davomida quyidagicha duo aytilsa ham bo‘ladi: Allohim, Sening noming bilan yo‘lga chiqmoqdaman. Menga sog‘liq va halol kasb nasib etganing uchun Senga shukrlar aytaman. Yo‘l davomida meni va ulovimga mingan yo‘lovchilarni balo-qazolardan, har turlik xavfu xatarlardan O‘zing asra, yordamingni darig‘ tutma bizdan, yo Rabbiy. Biz qanchalar gunohkor bo‘lmaylik, Sen bizni mag‘firat et. Manzilimizga eson-omon yetib borishni nasib ayla. Farzandlarimizni yetim qoldirma, Parvardigoro. Qaytishimizda oilamizni g‘am-anduhsiz ko‘rmoqni lutf ayla. Sen hamma narsaga qodir Zotsan, Allohim. 

Farishtalarning mo‘minlarga duosi 

Arshni ko‘tarib turgan va uning atrofidagi farishtalar mo‘minlar haqiga bunday duo qilishadi: Robbana vasi’ta kulla shay’in rohmatan va ‘ilman fag‘fir lillaziyna tabu vattaba’u sabiylaka vaqihim azabal-jahiym. Robbana va adxil-hum jannati ‘adninillatiy va adtahum va man solaha min abaihim va azvajihim va zurriyatihim innaka antal azizul hakiym. Vaqihimus-sayyiati, va man taqis-sayyiati, yavmaizin faqod rohimtah va zalika huval favzul ‘aziym.

«Parvardigoro, O‘zing rahmat va ilm jihatdan barcha narsada kengdirsan. Bas, tavba qilgan va yo‘lingga ergashgan kishilarni mag‘firat et va ularni do‘zax azobidan saqla. Parvardigoro, ularni ham, ularning ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlari orasidagi solih bo‘lgan kishilarni ham O‘zing ularga va’da qilgan mangu jannatlarga doxil qilgin. Albatta, Sen qudrat va hikmat sohibidirsan» (Mo‘min surasi,7-9). 

Do‘kon yoxud ishxonani ochayotganda…

Allohumma ya mufattihal-abvab, iftah lana xoyril-bab. Allohummarzuqna rizqan halalan toyyiban, va rizqon vasian birohmatika ya Arhamar –Rohimiyn, va Anta xoyrur-Roziqiyn.

Ey eshiklarni ochuvchi Allohim! Bizga xayrli eshiklarni och. Allohim! Bizga halol va toza rizqlar ehson ayla, rizqimizni kengaytir, ey marhamatlilarning marhamatlisi! Rizq berguvchilarning eng xayrlisi Sensan!

Kambag‘allikdan qutulish duosi

Bismillahi ‘ala nafsi va mali va dini. Allohumma rozzini bi qozoika va barik li fima quddiro li hatta la uhibba ta’jila ma axxarta va la ta’xira ma ajjalta.

O‘zim, molim va dinim xususida Alloh nomi bilan (so‘rayman). Allohim, qazo va hukmingga meni rozi qil, menga taqdir etganing narsalarni barakatli et. Shunday bo‘lsinki, keyinga qoldirganingni hozir, hozir beradiganingni keyin so‘rab yurmayin («Al-azkor», 116-bet).

Dars tayyorlashda yoki imtihonga kirishda o‘qiladigan duo

(Tahoratli holda dars tayyorlagan yaxshi. Duolar «Bismilloh…»dan so‘ng o‘qiladi.)

Robbi zidni ‘ilman va fahman val-hiqni bis-solihin. Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ‘uqdatan min lisani yafqohu qovli ya Hafiz, ya Roqib, ya Nasir, ya Alloh. Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri.

Rabbim! Ilmimni va zehnimni orttir va meni solih bandalaring qatoriga qo‘sh.

Rabbim! Ko‘ksimni och, ishimni oson ayla va tilimning tugunini yechgin, so‘zimni tushunsinlar. O‘ Hofiz, yo Roqib, yo Nosir, yo Alloh.

Rabbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Rabbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.

(Imtihonga kirishdan oldin uch, besh yoki yetti marta Oyatal kursi” o‘qiladi.)

Safar duosi

Allohumma ilayka tavajjahtu va bika i’tasomtu. Allohumma akfini ma ahammani va ma la ahtamtu lahu.

Allohumma zavvidnit-taqva, vag‘firli zanbi va vajjihni lil-xoyri ayna ma tavajjahtu.

Allohim, Sen tomon intildim. Senga yukindim. Allohim, meni andishalantirgan yoxud andishalantirmagan xususlarda Sen menga kifoya qil. Taqvoni menga ozuqa qil, Allohim! Gunohimni kechir va qaerga bormayin, meni doimo yaxshilikka boshla, yo Rabbiy. (Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, har gal yo‘lga chiqqanda ushbu duoni o‘qir edilar.) («Al-azkor», 195-bet).

Bismillahir rohmanir rohiym. Subhanallaziy saxxora lana haza va ma kunna lahu muqriniyn. Va inna ila Robbina la munqolibun.

«Bu ulovlarni bizning xizmatimizga bergan Alloh buyukdir. U barcha aybu nuqsonlardan munazzahdir. Yo‘qsa, bizning bularga kuchimiz yetmas edi» oyati o‘qiladi va uch marta «Alhamdulillah» va uch marta «Allohu akbar» degach:

Subhanaka inni zolamtu nafsi fag‘firli, innahu la yag‘firuz-zunuba illa Anta.

Allohni aybu nuqsonlardan poklab yod etaman, men o‘z nafsimga zulm qildim. Allohim! Meni kechir. Chunki Sendan boshqa kechirguvchi yo‘q («Az-azkor», 145-bet).

O‘lim xabarini eshitganda o‘qiladigan duo

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un. Allohummaktubhu fil-muhsiniyna vaj’al kitabahu fiy illiyyin. Vaxlufhu ‘ala ‘aqobihi fil-g‘obirin. Allohumma la tuharrimna ajrohu vala taftinna ba’dahu vag‘fir lana va lah.

Bizni Alloh keltirdi, yana Unga qaytamiz va albatta Rabbimizga qovushamiz. Allohim! Uni(mayyitni) dargohingdagi yaxshi kishilar qatoriga yoz, kitobini fazilatlilarnikidan ayla. Ortda qolganlariga kafil bo‘l.

Allohim! Bizni uning ajridan mahrum etma. Undan ke-yin bizni fitnaga yo‘liqtirma, bizni va uni afv et.

Sherobod tumani bosh imom xatibi U. Bo’ronov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here