Alloh Taologa nisbatan mo‘minning odoblari
Odob ulug‘ fazilatlarga erishishga sabab bo‘ladigan asosiy vosita hisoblanadi.
Shu sababli har bir zamon va makonda insonlar malum bir odobga rioya qilishga muhtoj buladilar. Anashu etibordan dinimizda eng oddiy narsalarga nisbatan bo‘ladigan odoblardan tortib,Alloh taologa nisbatan bo‘lgan odobgacha batafsil bayon qilib qoyilgan. Mazkur odoblarni o‘rganib,ularning o‘zining ajralmas sifatida aylantirib olgan mumin banda dunyoda ham,ohiratda ham saodatli hayotga erishadi. Islom talimotlaridagi ushbu odoblarning eng ulug‘ Alloh taologa nisbatan odob hisoblanadi. Ulomolar Alloh taologa nisbatan odob hisoblanadi. Ulomolar Alloh Taologa nisbatan odoblarni o‘rganuvchiga oldin U Zotni O‘zi va Rasuli tanitganidek tanib olish lozimligini uqtiradilar. Shu manoda Alloh taolo haqida quyidagicha etiqod qilinadi:
Alloh taolo osmonlaru yerni yo‘qdan bor qilgan Zotdir;
Alloh taolo osmonlaru yerdagi biror zarra ham Unga mahfiy bulmagan,barchasini adadlari bilan bilib turuvchi Zotdir;
Alloh taolo Undan oldin biror narsa bulmagan, barcha narsalar yo‘q bulib ketganda ham doimo bor bulib turuvchi Zotdir;
Alloh taolo biron narsadan ojiz qolmaydigan,barcha narsaga qodir Zotdir;
Alloh taolo bandalariga hatto ular sanab ham chiqa olmaydigan darajda ko‘plab nimatlarni ato qiluvchi Zotdur;
Alloh taolo bandalarning hamdu sano aytib uluglashlariga va qullik qilishlariga haqli bulgan yagona Zotdir;
Shuningdek, Alloh taoloning bulardan boshqa sifatlarini ham Quron va sunnatda bayon qilinganidek tanib olish kerak buladi.
Ahmad ibn Osim Antokiy rahmatullohi alayh ;<<Kim Alloh taoloni ko‘proq tanigan bulsa, Undan ko‘piroq qurquvchi buladi>>,degan.
Har bir musulmonlar Allohdan qo‘rqib yashashligi lozim.

Sho’rchi tumani «Tolli ota» jome masjidi imom xatibi X.Rashidov

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here