Inson qayerdan qanday ma’lumotlarni olmasin, albatta tekshirip ko‘rishi va ularga ko‘r~ko‘ronа ergashmasligi kerak. Alloh taoloning:
(Ey inson) O‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! CHungki quloq, ko‘z, dilning har biri to‘g‘risida (har bir inson ) mas’ul bo‘lur( javob berur) (Isro,36) ~degan xitobiga qat’iy amal qilish lozim.
E’tiqod ilmini yaxshi bilmasligi bois insonning aqidasi noqis bo‘lib qoladi. Dinimiz ta’limotiga ko‘ra, agar aqida buzuq, e’tiqod botil bo‘lsa, kishining amali behuda ketadi va o‘zi zalolat botqog‘iga botadi.
Sog‘lom e’tiqod nafaqat shaxs uchun, balki jamiyat uchun ham juda muhimdir. Qaysi jamiyatda kishilar e’tiqodi toza bo‘lsa, o‘sha joyda mustahkam tinchlik bo‘ladi. Aksincha, buzuq e’tiqodli kishilardan~da havfli odam bo‘lmaydi, undaylar har qanday pastkashlikka tayyor turadi. Payg‘ambarimiz s.a.v. qo‘llari bilan bir chiziq chizdilar va «Mana shu Allohning to‘g‘ri yo‘li»,-dedilar. Keyin u chiziqning o‘ngu ~so‘liga chiziqlar chizib» Mana bu yo‘llarning barchasini boshida bir shayton turib, unga chaqirib turadi «, dedilar. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali g‘arazli guruhlar yoki to‘dalar o‘zlarining qabih niyatlarini amalga oshirish uchun din nomi bilan ish olib borayotkan bo‘lsa~da, aslida ular aqidada adashgan din dushmanlaridir.
Oltinsoy tuman «Ahmad Yassaviy» jome masjid imom xatibi
A. Choriyev