Bugungi kunda  yoshlarning tarbiyasiga katta havf solayotgan bunday g‘alamislarning qilmishlarini barcha qoralaydi. Dinimiz ham bu kabi razil ishdan qaytaradi. Qur’oni Karimda: «……Allohning rizqidan yeb~ichingiz,Yer yuzida buzg‘inchilik qilmangiz!» (Baqara 60), deyiladi. Bu noshukurlar Alloh qaytargan ishdan, hususan, buzg‘inchilikdan qaytmaydilar. Qanday qilib ular musulmon bo‘lsin? Aksincha, ular Allohning buyrug‘iga qarshi chiqayotgan islom dushmanlari-ku?!

SHuningdek, dinimizda mo‘min boshaqaga zarracha bo‘lsa ham, ozor bermasligi uqtiriladi. O‘zlari chin musulmonlikni da’vo qilayotgan bu g‘alamislar yoshlarni o‘z ota-onasi, Vatani, xalqiga qarshi qurol ko‘tarishga  chaqirayotgani qaysi tamoyilga to‘g‘ri keladi?!

Rasululloh (s.a.v) «Qo‘li va tili bilan o‘zgalarga ozor bermagan kishi haqiqiy musulmondir» deganlar.

Islom  ta’limoti buzg‘inchilikni, odamlar qalbiga vahima, dushmanlik va fitna urug‘larini sochishlikni qattiq qoralaydi.Ma’lumki, so‘ngi yillardadinni o‘zlariga niqob qilib olgan oqimlar, toifalar paydo bo‘ldi. Ular g‘arazli maqsadlari yo‘lida jamiyatda buzg‘inchilik, begunoh odamlar qonini nohaq to‘kish kabi jinoyatlarni avj oldirib, fuqarolar tinchligini buzib, xalq orasida nizo chiqarishga harakat qilishmoqda.

Dinimizda haddan oshish, tajovuzkorlik, zo‘ravonlik qattiq qoralanadi Qur’oni Karimda Niso surasi 93~oyatida: «kimda-kim qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana Alloh unga g‘azab qilgay, la’natlagay va unga o‘lkan azobni tayyarlab qo‘ygay» deb ogohlantirgan.

Aytib o‘tilgan oyat va hadislardan, bugungi kunda dinni niqob qilib ba’zi davolarni qilayotgan kimsalarni yo‘li, islom dini ko‘rsatmlariga mutlaqo zid ekanligi ayon bo‘lmoqda. 

Oltinsoy tuman “Ahmad Yassaviy”  jome masjid imom xatibi   А.Choriyev

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here